Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor o‘qituvchilari joriy yilning 11-16 mart kunlari Bolgariyaning “Angel Kanchev” Ruse universitetida ERASMUS+ loyihasi doirasida tashkil etilgan dastlabgi uchrashuvga qatnashishdi.
Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengash 05.01.05-“Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi” ixtisosligi boʻyicha 2019-yil 29-mart soat 14:00 da himoya qilishga talabgor Xalmuratov Omonboy Utamuratovichning “Axborot xavfsizligi mezon va koʻrsatkichlar tizimini shakllantirishning usullari va algoritmlari” mavzusidagi va soat 16:00 da N
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Akademik innovatsiyalar Fondi tomonidan eʼlon qilingan grant tanlovida “TATUda AQSH universitetlari magistraturasi oʻqitish texnologiyalari transferi” loyihasi bilan ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2019-yil 12-mart kuni Xorazm viloyatida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali bilan hamkorlikda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar ayniqsa, yosh oilalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va psixologiya bilimlarini oʻrgatish orqali oʻz-oʻziga yordam koʻrsatish savodxonligini oshirishga qaratilgan bir haftalik oʻquv kurslariga start berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018-yil 6-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktyabrdagi “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 832-son buyrugʻiga asosan “Innovatsion goyalar yetakchisi” ko'krak nishoni tanlovi eʼlon qilindi.
Avval xabar berganimizdek, 2019-yil 14-15 mart kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Iqtisodiyotning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati” mavzuidagi Respublika ilmiy-texnik anjumanini oʻtkazilishi rejalashtirilgan.