Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi agentligi qoshidagi Mirzo Ulugʼbek Innovatsiya markazi, Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent Аxborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shaxridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joriy yilning avgust-sentyabrь oylarida “Itwomenuz – xotin-qizlar innovatsion oyligi” oʼtkazilmoqda.
Joriy yilning 1-avgust kuni Minsk shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Belarusь Respublikasi Prezidenti Аleksandr Lukashenko rahbarligida boʼlib oʼtgan muzokaralarda ikki davlat oʼrtasida taʼlim hujjatlarini oʼzaro tan olish boʼyicha bitim imzolandi. Ushbu Bitimning imzolanishi ikki davlat oʼrtasida kelgusida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarining yanada rivojlanishi, qolaversa, oʼzbek va belarus xalqlarining oʼzaro hamjihatligi va doʼstligining mustahkamlanishiga hissa qoʼshadi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida bitiruvchi talaba-yoshlarga diplom topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya fakulьteti bitiruvchisi Xojiakbar Botirov “Erasmus+” dasturi doirasida Aston universiteti (Buyuk Britaniya), Université Paris-Saclay (Frantsiya) va Afina universiteti (Gretsiya)da grant asosida magistraturada oʼqish imkoniyatini qoʼlga kiritdi. Botirov Xojiakbarning taʼkidlashicha, u Erasmus+ dasturi haqida doʼstidan eshitganidan keyin rasmiy veb saytdan mos dasturlarni qidira boshlagan. Uning asosiy eʼtiborini maʼlumotlar uzatish tizimlari tortgan hamda "SMARTNET" dasturi mos kelgan. Xojiakbarning eʼtirof etishicha,
“Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy manzili bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yangi 3-qavatli o‘quv binosini qurish” ob’ekti bo‘yicha tanlov e'lon qiladi
Sizni Xotamov Abdugafurning “Radiomonitoring tizimida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni aniqlash uchun antenna majmuasini ishlab chiqish” mavzusidagi 05.04.02 – «Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari» ixtisosligining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz.