O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, mamlakatimizning boy turizm salohiyatini yoshlar orasida keng targ’ib qilish maqsadida Tourism challenge (Turizm chorlovi) loyihasini e’lon qiladi
Sizni Muradova Alevtina Aleksandrovnaning “Multiservisli aloqa tarmog‘i ishonchlilik ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish modellari va algoritmlari” mavzusidagi 05.04.01 - «Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash» ixtisosligining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz.
Sizni Xujamatov Xalimjon Ergashevichning “Telekommunikatsiya tizimlari gibrid energiya ta’minoti manbalarining adaptiv boshqaruv modellari va vositalari” mavzusidagi 05.04.01 - «Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash» ixtisosligining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-sonli «Toshkent shahrida Amiti universitetini tashkil etish toʻg'risida»gi qarorida Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 70 uy manzilidagi binoni 2019/2020 oʻquv yili boshlanguniga qadar rekonstruksiya qilish koʻrsatib oʻtilgan.
Yurtimizning barcha hududlarida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi keng nishonlanmoqda. 8 fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida shu munosabat bilan “Alisher Navoiy – mutafakkir, davlat arbobi, shoirlarning sultoni” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Bonch Bruevich nomidagi Sank-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasining “Talabalar media markazi assotsiatsiyasiga” (ACM) a’zo bo’ldi.