Sayohat davomida Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Amir Temur jome masjidi (Bibi-Xonim), O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov qabri va Shohi-Zinda majmuasiga tashrif buyurdilar.
Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori tomonidan Mo'ynoq tumanida rejali sayyor qabul bo'lib o'tmoqda. Qabul jarayonida Mo'ynoq tumani yoshlarining universitet va uning filiallariga aloqador murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar bartaraf etilishi uchun mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.
Tezlik, qulaylik va shaffoflik yaratishda, kasbingizga bo‘lgan vafodorlik, o‘z ishingizga bo‘lgan shijoat sizlarni hech qachon tark etmasin. Yangi zafarlar va marralar yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Ayni vaqtda TATU hodimlari va talabalari O‘zbekiston davlat drama teatrida namoyish etilayotgan "Vafodor" spektaklini tomosha qilib, xordiq chiqarishmoqda.
Joriy yilning 3-may kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Rektor kubogi" musobaqasining 1-bosqichi uchun “Kompyuter injiniringi" fakultetida saralash o'yinlari bo'lib o'tdi.
9 may – "Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlab “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” nomli tadbiri o‘tkazildi va talaba-yoshlar bilan «Shon-sharaf» davlat muzeyi, «Mangu jasorat» va «Matonat madhiyasi» monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni o‘z ichiga olgan «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi.