Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Shundan kelib chiqib, Respublikamiz hududlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 7 - noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘qituvchisi Z.Isaxodjaeva va universitetning “Pochta aloqa texnologiyalari” yoʼnalishi 131-132-16 guruh talabalari Toshkent viloyati psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyida hayriya tadbirini oʼtkazishdi.
8 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi 40-maktab internatning 11-sinf o‘quvchilari (21 nafar) tashrif buyurdi.
Joriy yilning 6 - noyabr kuni "Informatika va kommunikatsion texnologiyalar 2019" (ICISCT 2019) nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi doirasida Xitoy Xalq Respublikasning Beihang davlat universiteti (Pekin aviatsiya va kosmonavtika universiteti) professor-o'qituvchisi TATUning professor-o'qituvchilar, talabalar va magistrantlari uchun kosmik tadqiqotlarda CubeSat - sun'iy yo'ldosh texnologiyalari bo'yicha seminar-trening o'tkazdi.
O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O'zbekiston robototexnika federatsiyasining 6 nafar a’zosi hozir Janubiy Koreyada Daegu Global Robot Business Forumda qatnashishmoqda. Daegu Global Robot Business Forum 2019 Daegyeong Robot Enterprise Promotion Association (REPA) tomonidan global tarmoqlar, intelektuallashgan tizimlar va sun'iy intellekt yaratish va xavfsizligini ta’minlash loyihalari doirasida tashkil etilgan.
Mansabdor shaxslar pora oluvchilar bo’lsa, ularga pora taklif qiluvchilar pora beruvchilar deb ataladi va korrupsiyaning vujudga kelishga sababchi vositalar sanaladi. Korrupsiya bor joyda o’sish bo’lmaydi desak adashmagan bo’lamiz. Chunki korrupsiya shaffoflikni yo’qotadi.