Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston – BMT: insoniyat kelajagi va global hamkorlik istiqbollariga qaratilgan hayotiy tashabbuslar” mavzusida onlayn davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Yodidan ko‘tarilganlar uchun yana bir bor eslatib o‘tamiz, IT Park, Ucell bilan hamkorlikda o‘z loyihalarini to‘laqonli ishga tushiriladigan mahsulotga aylantirish istagida bo‘lgan startaplarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam berish maqsadida akselerator tashkil etmoqda.
Sizlarni Kerimov Komil Fikratovichning 05.01.05 - Axborot xavfsizligi usullari va tizimlari ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun dissertatsiyasini himoya qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etishga taklif etamiz. Mavzu bo‘yicha axborot xavfsizligi: "Elektron resurslarni axborot xavfsizligi tahdidlaridan himoya qilishni ta’minlashning adaptiv modellari va usullari".
Ushbu tarixiy ahamiyatga ega chiqishni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar kuzatib borishdi.
Bugun, 23 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zga chiqadi. Unda davlat rahbari mintaqa va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kabi masalalarda o‘z tashabbuslarini ilgari surishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-sentyabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.