🗒 Ushbu qabul jismoniy va yuridik shaxslarni tinglash, muammolarini o'rganib, ularni ijobiy hal etishni yanada samarali tizimini tashkil etish maqsadida har haftaning payshanba kuni murojaatchilarni qabul qilish orqali yo‘lga qo‘yilgan.
Uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasida PhD dasturlari doirasida tadqiqotchilar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy loyihalar va tadqiqot ishlarini olib borish, talabalar almashinuvi, kredit mobillilik dasturlarida qatnashish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv davomida Xiroaki Xaga bilan TATU hamda boshqa OTMlarda sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quv dasturi va kompaniya tomonidan yaratilgan texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga hamda talabalarga nufuzli yapon kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkonini yaratishga kelishildi.
Uchrashuvda “O’zbekiston-Turkiya biznes forumi” doirasida imzolangan hamkorlik memorandumlarida belgilangan hamkorlik yo‘nalishlari tahlil etilib, ularni amaliy bosqicha ko‘tarish, birgalikda qo‘shma loyihalarni bajarishga kelishib olindi.
Mazkur forumda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati ishtirok etib, Turkiyaning yetakchi IT kompaniyalari bilan yangi istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘ydi.
Har yili bo‘lib o‘tadigan III Women in Tech CCA (Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi) mukofoti uchun arizalar qabuli boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Bu nufuzli tadbir ilk bor O‘zbekistonda, 2024-yil 20-oktabrda o‘tkaziladi.