Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistonning 15 ta universitetlari va Bolgariya, Italiya, Portugaliya va Lyuksemburgning 4 ta Evropa universitetlarida ta'limni modernizatsiya qilish bo'yicha HiEdTec loyihasini amalga oshirish boshlandi.
4-9-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida axborot xavfsizligi sohasidagi “CTF.UZ” (Capture the Flag) tanlovi yarim final va final bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Musobaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
24-dekabr kuni “Yil ayoli-2018” milliy tanlovi va “Nafosat-2018” koʻrik-tanlovi gʻoliblarini aniqlash marosimi boʻlib oʻtdi.
21 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari ishtirokida “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusida tadbir oʻtkazildi.
20 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Biznesni tarmoqli tashkil etishga innovatsionyondoshuv: muammo va yechimlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Sizni 2018 yil 28 dekabr kuni soat 12:00 da Muradova Alevtina Aleksandrovnaning “Multiservisli aloqa tarmog‘i ishonchlilik ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish modellari va algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy seminarga taklif etamiz.