Joriy yilning 17-avgust kuni TATU-BDIRU axborot tеxnologiyalari qoʻshma fakultеti tayyorlov kurslarini tamomlagan o’quvchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda TATU rektori, o’quv ishlari bo’yicha prorektor, Belarusiyadan tashrif buyurgan TATU rektorining maslahatchisi, universitetning professor-o’qituvchilari, tayyorlov kurslari o’quvchilari hamda ota-onalar ishtirok etishdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham 17-avgust kuni umumxalq xayriya hashari boʼlib oʼtdi. Hasharga universitetda faoliyat yuritadigan 300dan ortiq xodimlar jalb etildi. Universitetning barcha hududlari obodonlashtirildi. Hashar davomida universitetning atrof-muhiti yanada obodonlashtirildi. Daraxtlar osti yumshatildi. Kompyuter xonalari, labaratoriyalar, oʼquv xonalari tozalandi. Har bir fakultet, boʼlimlar oʼzlariga berkitilgan hududlarni ozoda boʼlishida oʼzlarining beminnat hissasini
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xarid.uz Maxsus axborot portalida e’lon qilingan “Toshkent shaxri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy manzili bo‘yicha Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yangi 3-qavatli o‘kuv binosini kurish” ob’ekti bo‘yicha ishlar bajaruvchisini aniqlash bo‘yicha tanlovi (LOT № 6932331) xarid komissiyasining 12.08.2019 y. 2-sonli bayonnomasi qaroriga muvofiq o‘tkazilmagan deb topildi.
Joriy yilning 12-avgust kuni Xitoyning Shenyang texnologiya universiteti bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o’rtasida ta’lim va fan sohasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Yurtimizda va butun musulmon dunyosida nishonlanayotgan Qurbon hayiti bilan sizlarni, sizning oila aʼzolaringizni, shuningdek, barcha muslim va muslimalarni oʼzim va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati nomidan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professor-oʼqituvchilari va yosh ilmiy xodimlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish va xorijiy mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilgʼor ilmiy-tadqiqot markazlari bilan oʼzaro manfaatli hamkorlikni yoʼlga qoʼyish maqsadida universitetning 20 nafar professor-