Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov Samarqand Davlat tibbiyot universitetida inkubatsiya markazini ochilishida qatnashmoqdalar
U yerda Said Axmad va Saida Zunnunovalarning hayot yo'li, ijodi, erishgan yutuqlari hamda ularning o'zbek adabiyoti uchun qoldirgan boy me'rosi haqida yaqindan tanishtirdilar. Tashrif jarayonida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga kafedra professor-o’qituvchilaridan javob olishdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yunusobod tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktab o'quvchilari tashrif buyurishdi. Maktab o‘quvchilariga AKTsIM fakulteti "Chet tillar" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan universitet bo‘ylab qiziqarli ekskursiya tashkil etildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Kompyuter injiniringi fakulteti, Multimedia texnologiyalari kafedrasi tomonidan 21-sonli Mehribonlik uyida tashkil etilgan "Web Dasturlash"💻 to'garagining navbatdagi "HTMLda SVG elementlari bilan ishlash" mavzusidagi darsi bo'lib o'tdi. Darsni Multimedia texnologiyalari kafedra o'qituvchisi Ismoilov Sh.R. olib bordi. To'garak rahbari Ganiyev A.A.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalarni bandligini ta'minlash maqsadida NBU bank rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Yigʼilishda ishlash istagi bor talaba-yoshlar ishtirok etishdi. NBU bank rahbariyati talabalarni oʼz yoʼnalishi boʼyicha ishlashlari toʼgʼrisida tavsiya va takliflar berishdi.
Ushbu forumda Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi, universitet tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun “Аxborot kommunikatsiya texnologiyalari” boʼyicha forum, oʼquv-seminar tashkil qilinib, Muhammad al-xorazmiy nomidagi TATUdan 15 nafar profesor-oʼqituvchilari oʼz loyihalarini taqdim etishdi. Shuningdek, muhandis hamda dasturchi xotin-qizlarni salmogʼini va ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, ularni sanoat va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohalariga keng jalb qilish masala