Yangiliklar

TATUda Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Sening tashabbusing-sening kelajaging” shiori ostida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni maqsad qilib “Giyohvandlik asr vabosi ”mavzusida ochiq suhbat tashkillashtirildi.

Menu | 09-10-2024 | 10:17

Suhbatda Toshkent stomatologiya instituti 3-son terapevtik fanlar yo‘nalishi dotsenti G.F.Gafurova, TATU profilaktika inspektori D.Yu.Ubaydullaeva mavzu doirasida atroflicha ma’lumotlarni taqdim qildilar. Ochiq muloqot sermazmun va savol-javoblarga boy bo‘ldi.

TATUning kiberxavfsizlik fakulteti talabalari o‘rtasida kibersportning “Counter Strike 1.6” turi boʻyicha musobaqa o‘tkazildi.

Menu | 08-10-2024 | 14:37

7-oktyabr kuni talaba-yoshlar oʻrtasida kibersportni rivojlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida koʻmaklashish maqsadida Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari o‘rtasida kibersportning “Counter Strike 1.6” turi boʻyicha musobaqa o‘tkazildi.

2024-yil 5-oktyabr kuni Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2(744)-son majlisi bo'lib o'tdi.

Menu | 08-10-2024 | 14:31

Unda universitetning 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va boshqa turli masalalar ko'rib chiqilib, yig'ilish yakunida quyidagi xodimlar bir qancha nominatsiyalar bo'yicha taqdirlanishdi:

Universitetimizda barpo etilayotgan va kapital ta'mirdan chiqqan sport majmuasini ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Menu | 08-10-2024 | 14:23

Universitetimizda barpo etilayotgan va kapital ta'mirdan chiqqan turli soha obyektlarini foydalanishga topshirish yaxshi an'anaga aylanib ulgurgan. Yangi o'quv yili boshlanganligi munosabati bilan qator o'quv binolari, yangidan tashkil etilgan o'quv xonalari, laboratoriyalar va boshqa turli ta'lim obyektlari ishga tushirildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi ko'magi bilan tashkil etilgan, joriy yilning 5-oktyabr kuni ochilish marosimi bo'lib o'tgan zamonaviy sport majmuasi ham shular jumlasidan.