Yangiliklar

TATU professor-o‘qituvchilarining xalqaro konferensiyalardagi ishtiroki

Menu | 15-10-2024 | 09:59

Joriy yilning 10-11-oktyabr kunlari Kiberxavfsizlik fakulteti dekani Sherzod G‘ulomov Gruziyaning Kavkaz universitetida o‘tkazilgan “Telekommunikatsiya va xavfsizlik” xalqaro konferensiyasida o‘z ma`ruzasi bilan ishtirok etdi. Ushbu nufuzli konferensiyada 30 dan ortiq mamlakatlarning yetakchi universitet va kompaniyalaridan olimlar, shuningdek, soha bo‘yicha taniqli ekspertlar qatnashib, kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

TATU bilan KOOKMIN universiteti (Janubiy Koreya) birgalikda Biznes IT yo‘nalishi bo‘yicha magistratura va PhD uchun grant dasturlarini e’lon qiladi.

Menu | 31-05-2024 | 12:15

Hujjatlari talablarga javob beradigan nomzodlar 5-iyun kuni suhbatga chaqiriladi.

🌐 Dunyo boʻylab toʻliq qoplab beriladigan grantlar sohibi boʻlish, universitetni tamomlagandan soʻng IT sohasida ishga ega boʻlishni istaysizmi?

Menu | 26-04-2024 | 09:43

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etilmoqda va unda:

Mamlakatimizda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Menu | 02-04-2024 | 17:44

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bugun, 2- aprel kuni Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan universitetda faoliyat yuritayotgan olima ayollar bilan hamkorlikda mamlakatimizda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish boʻyicha tadbirlar davom etmoqda.

Menu | 02-04-2024 | 17:28

Shu jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari birgalikda Filial hududida manzarali va mevali daraxt ko'chatlarini ekishdi.