Yangiliklar

Sizni “ICT Competition Roadshow”ga taklif qilishdan mamnunmiz!

Menu | 18-10-2024 | 09:20

Bu tanlov tafsilotlari bilan chuqur tanishish, savol-javoblar sessiyasida savollar berish va sizni kutayotgan ajoyib imkoniyatlar haqidagi batafsil ma'lumotlarga ega boʻlish imkoniyatidir. Bundan tashqari, siz ajoyib sovg'alarni yutib olishingiz mumkin!

MIRZOYAN KOMILOV: INFORMATIKA VA KIBERNETIKA SOHASI BILIMDONI

Menu | 18-10-2024 | 09:19

O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, Dasturiy injiniring fakulteti, "Axborot texnologiyalarining dasturiy ta'minoti" kafedrasi professori Mirzoyan Mirzaaxmedovich Komilovning tavallud ayyomlari.

TATUda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Zakovat" intellektual o‘yinining navbatdagi turi Televizion texnologiyalari fakulteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Menu | 18-10-2024 | 09:16

"Besh tashabbus olimpiyadasi" doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Tashkil qilingan “Zakovat” intellektual o‘yinida 8 ta jamoa 2 turda g‘oliblik uchun bellashishdi.

Yangi O’zbekiston Universitetida dunyoning nufuzli “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Central Asia University Forum” bo’lib o’tmoqda.

Menu | 18-10-2024 | 09:10

Xabaringiz bor, THE (Times Higher Education) xalqaro reytingida ilk bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dunyo universitetlari xalqaro reytingida (WUR) TOP-1501+ o‘rinni, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari universitetlari bo‘yicha TOP-5 o‘rinni, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari orasida TOP-3 o‘rinni egallagan edi.

TATU professor-o‘qituvchilari Litvaning yetakchi Vilnyus Gediminas texnika universiteti (VILNIUS TECH)da tashkil etilgan ERASMUS+ “New master’s degree and training course programs in the field of medical engineering in Uzbekistan 101082221 – UzMedEn” loyihasi doirasida malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomladilar.

Menu | 16-10-2024 | 08:59

Mazkur malaka oshirish kurslarida biotibbiyot muhandislik sohasida Yevropa ittifoqining ilg‘or tajribasi tahlil qilindi hamda “O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish” tashkil etish yuzasidan bilim va ko‘nikmalar egallandi.

TATU professor-o‘qituvchilarining xalqaro konferensiyalardagi ishtiroki

Menu | 15-10-2024 | 09:59

Joriy yilning 10-11-oktyabr kunlari Kiberxavfsizlik fakulteti dekani Sherzod G‘ulomov Gruziyaning Kavkaz universitetida o‘tkazilgan “Telekommunikatsiya va xavfsizlik” xalqaro konferensiyasida o‘z ma`ruzasi bilan ishtirok etdi. Ushbu nufuzli konferensiyada 30 dan ortiq mamlakatlarning yetakchi universitet va kompaniyalaridan olimlar, shuningdek, soha bo‘yicha taniqli ekspertlar qatnashib, kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.