Yangiliklar

Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlar diqqatiga!

29-09-2020 | 11:49

Arziyeva Jamila Tileubayevnaning 05.01.05-«Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi» ixtisosligi bo‘yicha “Psevdotasodifiy sonlar generatori asosida autentifikatsiyalash usullari va algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli Ilmiy kengashning 2020 yil 08 oktyabr kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi

2020-2021-o‘quv yilida TATUga o'tish ballari!

26-09-2020 | 14:46

2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari bo‘yicha TATUning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlov va o‘tish ballari haqida ma'lumot quyidagi PDF fayl keltirilmoqda.

Oʻzbekiston – BMT: insoniyat kelajagi va global hamkorlik istiqbollariga qaratilgan hayotiy tashabbuslar

25-09-2020 | 17:16

Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston – BMT: insoniyat kelajagi va global hamkorlik istiqbollariga qaratilgan hayotiy tashabbuslar” mavzusida onlayn davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Startaplar uchun akseleratorga ro‘yxatdan o‘tish muddati tugashiga hech qancha vaqt qolmadi!

24-09-2020 | 15:02

Yodidan ko‘tarilganlar uchun yana bir bor eslatib o‘tamiz, IT Park, Ucell bilan hamkorlikda o‘z loyihalarini to‘laqonli ishga tushiriladigan mahsulotga aylantirish istagida bo‘lgan startaplarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam berish maqsadida akselerator tashkil etmoqda.

Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlar diqqatiga!

24-09-2020 | 10:56

Sizlarni Kerimov Komil Fikratovichning 05.01.05 - Axborot xavfsizligi usullari va tizimlari ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun dissertatsiyasini himoya qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etishga taklif etamiz. Mavzu bo‘yicha axborot xavfsizligi: "Elektron resurslarni axborot xavfsizligi tahdidlaridan himoya qilishni ta’minlashning adaptiv modellari va usullari".

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zladi

23-09-2020 | 21:19

Ushbu tarixiy ahamiyatga ega chiqishni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar kuzatib borishdi.