🎓 “Best Publication” ilmiy tadqiqotlar markazining “Eng yaxshi xizmatlari uchun” Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida Dasturiy injiniring fakulteti 2-kurs talabasi Diyorbek Ro‘ziboyev hamda ularning ilmiy rahbari Algoritmlash va matematik modellashtirish kafedrasi dotsenti, PhD Otabek Narmanovlar munosib ishtirok etdilar va diplom, sertifikat, tashakkurnoma hamda medal bilan taqdirlandilar.
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli davlat va soha stipendiyalari sovrindorlari bo'lishdi. Shu munosabat bilan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetida “AI Hackathon 2024” IT festivali
✅ Joriy yilning 23-fevral kuni G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining (RIU) Toshkent shahridagi filiali Kengashi qarori bilan TATU rektori i.f.d., professor B.Maxkamov RIUning "Faxriy professori" unvoni hamda esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
💬 Bugun, 24-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor va talabalar ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Nutqida va eshitishda nuqsoni bolalarga yordam berishni o‘z oldiga maqsad qilgan Nodir Kamolov tili chuchuk bolalarning gapirishiga yordam beruvchi robotlar seriyasini kashf qilgan. Biroq yosh ixtirochi kun.uz muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston sharoitida robototexnikadan daromad ko‘rish qiyin ekanligini aytdi. “Chunki bu yo‘nalishda buyurtma oluvchilar yo‘q”, — dedi u.