Yangiliklar

Ilk bor respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli reyting tashkiloti - THEning Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi!

Menu | 09-10-2024 | 10:23

Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Xalqaro olimpiadada universitetimiz talabasi sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Menu | 09-10-2024 | 10:20

Joriy yilning 30-sentyabridan 4-oktyabrigacha “Moliyaviy xavfsizlik” bo‘yicha IV-xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning final bosqichi Rossiya federatsiyasining Sochi shahrida tashkil etildi.

TATUda Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Sening tashabbusing-sening kelajaging” shiori ostida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni maqsad qilib “Giyohvandlik asr vabosi ”mavzusida ochiq suhbat tashkillashtirildi.

Menu | 09-10-2024 | 10:17

Suhbatda Toshkent stomatologiya instituti 3-son terapevtik fanlar yo‘nalishi dotsenti G.F.Gafurova, TATU profilaktika inspektori D.Yu.Ubaydullaeva mavzu doirasida atroflicha ma’lumotlarni taqdim qildilar. Ochiq muloqot sermazmun va savol-javoblarga boy bo‘ldi.

TATUning kiberxavfsizlik fakulteti talabalari o‘rtasida kibersportning “Counter Strike 1.6” turi boʻyicha musobaqa o‘tkazildi.

Menu | 08-10-2024 | 14:37

7-oktyabr kuni talaba-yoshlar oʻrtasida kibersportni rivojlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida koʻmaklashish maqsadida Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari o‘rtasida kibersportning “Counter Strike 1.6” turi boʻyicha musobaqa o‘tkazildi.

2024-yil 5-oktyabr kuni Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2(744)-son majlisi bo'lib o'tdi.

Menu | 08-10-2024 | 14:31

Unda universitetning 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va boshqa turli masalalar ko'rib chiqilib, yig'ilish yakunida quyidagi xodimlar bir qancha nominatsiyalar bo'yicha taqdirlanishdi: