Videoroliklar tanlovi o‘tkaziladi
Ichki ishlar vazirining 2023-yil 17-maydagi 137-son farmoyishi imzolandi. Unga ko‘ra, 2023-yil sentabr-noyabr oylarida xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ular tomonidan shaxsga qarshi qaratilgan hamda o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishni targ‘ib qiluvchi ijtimoy videoroliklar tanlovi o‘tkaziladi.
🗣Tanlov g‘oliblari quyidagicha pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin — 17 mln so‘m;
🥈2-o‘rin — 13,5 mln so‘m;
🥉3-o‘rin — 11 mln so‘m bilan, shuningdek
🔵eng yaxshi operatorlik ishi uchun — 5,5 mln so‘m;
🔵eng yaxshi videomontaj uchun — 5,5 mln so‘m;
🔵eng yaxshi infografika uchun — 5,5 mln so‘m bilan taqdirlanadi.
Batafsil ma’lumot: @iiv_huquqiy_targibot