“Axborot va kommunikatsiyalar injiniringi” (Information and Communication Engineering) mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura (Double degree) dasturiga tanlov e’lon qilinadi.

  • Home
  • “Axborot va kommunikatsiyalar injiniringi” (Information and Communication Engineering) mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura (Double degree) dasturiga tanlov e’lon qilinadi.

DIQQAT TANLOV!

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Avstriyaning Klagenfurt universitetining “Axborot va kommunikatsiyalar injiniringi” (Information and Communication Engineering) mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura (Double degree) dasturiga tanlov e’lon qilinadi.

✅Tanlovda universitetning “Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari va tizimlari”, “Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari”, “Telekommunikatsiya injiniringi”, “Mobil aloqa tizimlari”, “Kompyuter injiniringi” mutaxassisliklarida tahsil olayotgan 1-bosqich magistratura talabalari qatnashishlari mumkin. Tanlov g’oliblari ikkinchi bosqich o’qishini Klagenfurt universitetida davom ettirishadi. O’qishni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalrga har ikki tomonning magistr diplomlari beriladi.

📌Tanlov shartlari:
-Ingliz tilini bilish (CEFR B2 yoki IELTS 5.5);
-mutaxassislik fanlari bo'yicha yetarli bilimga ega bo'lishi (suhbat asosida aniqlanadi).

📁Joriy yilning 25-martga qadar quyidagi xujjatlarni ddtuitku@gmail.com pochtasiga yuborish talab etiladi:
-ma'lumotnoma va CV
-ingliz tilini bilish darajasini ko'rsatuvchi sertifikat nusxasi
-qo'shma dasturda o'qishdan maqsad haqidagi insho (essay – ingliz tilida yozilgan 400ta so'zdan oshmasligi kerak);
-fanlarni o'zlashtirishi haqida ma'lumotnoma.

Tanlovdan o'tgan talabgorlar uch tomonlama shartnoma asosida o'qishga yuboriladilar.

❇️Ma’lumot tariqasida Klagenfurt universiteti dunyoning nufuzli ichida 400 (THE), 510 (QS) universitetlari qatoriga kiradi.