Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

  • Home
  • Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori:

Tashev Komil Axmatovich

Qabul vaqti: Chorshanba 16:00-18:00
Telefon: (+99871) 238-65-85
E-mail:  k.tashev@tuit.uz

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining ilm-fan, innovatsion faoliyat, ta’lim hamda kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

         Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy tadqiqot faoliyati jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha universitet (kengash qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;

ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ilm-fan va ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

oliy ta’lim muassasasining ilmiy faoliyat yo‘nalishlarini ishlab chiqish va samarali amalga oshirishni ta’minlash;

professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari ilmiy qismidagi vazifalar bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;

xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, dolzarb ilmiy mavzularda seminarlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish, innovatsion faoliyatni tashkil etish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

ilmiy konferensiya materiallari, davriy ilmiy jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini oliy ta’lim muassasasi xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish hamda oliy ta’lim muassasasining ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondi to‘ldirib turilishini ta’minlash;

         iqtidorli yoshlarni topish, saralash, ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish doktorantlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish;

         xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, xalqaro ilmiy jurnallarga maqolalar tayyorlash va e’lon qilish, ularning iqtibosligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

oliy ta’1im muassasasida ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlarni tashkil etish va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash;

ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy seminarlar, anjumanlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan eksperimental tajriba-konstruktorlik ishlarining yillik rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar doirasida olinadigan intellektual mulk ob’ektlari va intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish;

xo‘jalik sub’ektlari bilan shartnomalar, innovatsion ilmiy-amaliy dasturlarni, patent-litsenzion faoliyatini amalga oshirish;

professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ta’lim oluvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish;

ilmiy noshirlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish;

yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonini tashkil etish va boshqarish;

ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmalari va tanlovlar faoliyatini tashkil etish va ishtirok etish;

texnoparklar, biznes-inkubatorlar, innovatsion-texnologik markazlar, intellektual faoliyat natijalarini amaliyotga joriy etuvchi xo‘jalik jamiyatlari, notijorat tashkilotlari, fondlar va boshqalar faoliyatini tashkil etish va ularda ishtirok etish;

ilmiy va nashriyot faoliyatini amalga oshirish bilan aloqador xalqaro hamkorliklarni amalga oshirish;

o‘z vakolati bo‘yicha davlat boshqaruv idoralari, mulkchilikning barcha shakllari bo‘yicha mahaliy o‘zi-o‘zini boshqarish tashkilotlari, korxonalar va muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

Quyidagi faoliyatlar bo‘yicha umumiy boshqaruvni tashkil etadi:

oliy ta’lim muassasasining ilmiy ishlari va innovatsion faoliyati;

oliy ta’lim muassasasining ilmiy ishlar va innovatsion faoliyatiga aloqador bo‘linmalar va fakultetlararo  ilmiy laboratoriyalar faoliyati;

oliy ta’lim muassasasining doktorantura bo‘limi va ilmiy bo‘limi,
ilmiy-innovatsion ishlarni  tijoratlashtirish bo‘limi faoliyati;

ilmiy jurnallar muharrirlari va tahririyat kengashlari faoliyati.

Quyidagi ishlarni muvofiqlashtiradi:

ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha mas’ul xodimlar (dekan muovinlari), ilmiy tadqiqotchilar    faoliyatini;

fan doktori (DSC), falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar ishlarini;

ta’lim oluvchilarning (bakalavriatura va magistratura talabalari) ilmiy tadqiqot ishlarini;

oliy ta’lim muassasasining yosh olimlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash faoliyatini;

doktorant, mustaqil izlanuvchilar va talabalarning ilmiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi fakultetlari, filiallari va boshqa tuzilmaviy bo‘linmalari bilan o‘zaro faoliyat yuritadi.

O‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlaydi va oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish joriy rejasiga taklif va tavsiyalar tayyorlaydi;

akademik litsey pedagog xodimlarini ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, ilmiy konferensiya, seminarlarda faol ishtirokini ta’minlash;

universitet tomonidan akademik litsey pedagog xodimlarini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishi uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni amalga oshirilishini nazorat qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil  12-yanvardagi
12-son “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Ustavi, Ichki mehnat tartib qoidalari, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.