Fakultet bitiruvchilari

  • Asosiy
  • Fakultet bitiruvchilari

Men ushbu fakultetning magistratura bosqichida tahsil olganman. Ikki yil mobaynida olingan bilimlarim, ortirilgan tajribam hamda ustozlar tomonidan berilgan maslahatlar asosida o’z fikrlash doiram va dunyo qarashlarimni shakllantirishga erishganman. Hozirda ish faoliyatim davomida ushbu tajribalar juda ham foyda bermoqda. Ushbu fakultet bitiruvchisi sifatida fakultet faoliyatiga muvaffaqqiyatlar tilagan holda, universitetning eng yaxshi fakulteti bo’lishiga ishonaman.

Alimov Saydulla Raxmatillaevich
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi
Elektron hukumat tizimini va axborot texnologiyalarini
rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i


FAKULTETIM – FAXRIM!

Oilamizda otam va akalarimning bari aniq fanlarga qiziqishgani va shu yoʻnalishda ilmiy ishlar qilishgani uchun menga ham shu yoʻlni tavsiya berishardi. Ammo bolaligimdan televideniye olami meni oʻziga mahliyo etganligi uchun kelajagimni aynan TV sohasida tasavvur qilardim. 2009 yili, 17 yoshimda Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetida yangi “Televizion texnologiyalar” fakulteti ochilganligini eshitib juda quvondim. Chunki bu men uchun ham oilaviy anʼanamizni davom ettirgan holda aniq fanlarni oʻzlashtirish jarayonida egallagan bilimlarim orqali talaba boʻlish, ham TV sari navbatdagi qadam edi. Yaxshi niyat – yarim mol deganlaridek, 2011 yili universitetning aynan shu fakulteti talabalari safidan joy oldim. Hashamatli oʻquv binolari-yu zamonaviy oʻquv uslublari, dars jarayonlaridagi soha professionallarining mashgʻulot va maʼruzalari qiziqishlarimning tobora ortishiga sabab boʻldi. Shartnoma asosida talabalikka qabul qilingan boʻlsam-da, Taʼlim grantlari dasturi gʻolibi sifatida imtiyozli tahsil oldim. Oʻqituvchi-murabbiylar, professorlar, amaliy mashgʻulotlar rahbarlari, kafedra va fakultetning jonkuyar ustozlari hamda bevosita universitet rahbariyatining qoʻllab-quvvatlashi oʻlaroq turli tanlovdarda qatnashib, bir necha bor gʻolib va sorvrindor boʻlishga muvaffaq boʻldim. “Televizion texnologiyalar” fakultetining 2 bosqich talabasi boʻlgan kezlarimda esa egallagan nazariy bilimlarimni Respublika telekanallaridagi amaliy jarayonlarda qoʻllab, u yerda ham yetarlicha yutuqlarni qoʻlga kirita boshladim. Oʻzbekiston Ellektron OAV Milliy Assotsiatsiyasi tarkibidagi nodavlat tele va radiostansiyalar uchun tayyorlanadigan informatsion dasturlardan muxbir, muharrir, keyinchalik tahririyat bosh muharriri vazifalarida ijod qila boshladim. Doim universitetim va fakultetim bilan gʻururlanib, faxrlaganman. Bu kunga qadar erishgan har bir yutuqlarimning sababchilari qatorida  Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetining “Televizion texnologiyalar” fakulteti rahbariyati, oʻqituvchi-professorlarini iftixor bilan tilga olishga haqliman. 10 yoshing muborak, fakultetim – faxrim!

Parviz FATTOYEV

“Sevimli” telekanali muharriri va boshlovchisi.


Esimda, ushbu fakultetga o'qishga qabul qilingan davrlarim, fakultetimiz hali endigina tashkil etilgan, uning tarkibidagi mutaxassislik kafedralari ham o'z faoliyatini yaqindagina boshlagan vaqtlar edi. Lekin, hali bu fakultet uzoq yillar faoliyat olib borishiga, hamda ko'plab iqtidorli yoshlarni kashf etishiga ishonchim komil edi. Men ushbu fakultet ishlarida ulkan muvaffaqqiyatlar tilayman!

TUXTAYEV SOHIB SADIRIDINOVICH
Janubiy Koreyaning 
DTS (DaTong Solution) Inc. kompaniyasi
“Deep Leerning” sohasida izlanuvchi-muhandisi


FAKULTET MEHRI MENI HANUZ O’ZIGA CHORLAYDI!

Inson o’z maqsadiga erishishi uchun yo’lni to’g’ri tanlay bilishi kerak deb o’ylayman. Chunki, aniq qo’yilgan qadam bir kun kelib o’z samarasini beradi. Men ham ikkilanmasdan maqsadimni aniq belgiladim va qadamimni shahdam tashladim deb ayta olaman. Sababi, ko’plab abiturientlar orzu qiladigan universitetlardan biri bo’lgan, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetiga 2013-yil o’z hujjatlarimni topshirdim. Omadim kelib shu yili talabalik baxtiga muyassar bo’ldim. Universitetning Televizion texnologiyalari fakultetida tahsil ola boshladim. 4 yil mobaynida mazkur universitetning professor-o’qituvchilari, o’z kasbining yetuk mutaxassislari tomonidan bilim va ko’nikmalar oldim. Umuman olib aytganda, televideniya sohasiga aynan shu kezlardan mehrim yanayam oshdi. Chunki, fakultet ustozlari tomonidan berilgan amaliy va nazariy bilimlarni tinglamaslik va o’zlashtirmaslikning shunchaki iloji yo’q edi. 4-bosqichga o’tgan kezlarimda fakultet bag’ridan uzoqlashish onlari yaqinlashayotgani sari ko’nglim biroz hijil tortardi. Chunki, 4 yil kimlardir uchun oddiy hol va qisqa vaqt bo’lishi mumkin, lekin ushbu davr men uchun hayotimning eng zavqli pallasi bo’lib ulgurgandi. 2017-yilda Televizion texnologiyalari fakultetini tamomladim va keyingi maqsadim bo’lgan, televideniya sari yo’l oldim. Mazkur fakultetdan olgan bilimlarim va amaliy tajribalarim sabab, ayni paytda o’z kasbim va ish joyimga egaman. Ammo shu fursatdan foydalanib bir narsani takror aytishni istadim. “Fakultet mehri meni hanuz o’ziga chorlaydi”. 10 yoshing muborak qadrdon ilm maskanim!

Uchqun NOMOZOV
“Sevimli” telekanali “Zamon” ITD jurnalisti

Bugungi kunda respublikada 96 ta oliy taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, ular orasida bizning universitetimiz alohida mavqega ega. Bu tabarruk dargoh faqatgina oʻquv maskani emas, balki ijodiy gʻoyalarni toʻplab yangi mahsulotlar, texnologiyalar va nomoddiy aktivlar barpo etuvchi muassasa hamdir. Jumladan menga 4 yil mobaynida beminnat saboq berib kelayotgan aziz “Televizion texnologiyalar” deb atalmish fakultetim men kabi koʻplab talabalarning hayot yoʻlida oʻziga xos iz qoldirishini eʼtirof etmasam boʻlmas... 

Fursatdan foydalanib, 10 yillik tarix kitobiga ega aziz fakultetimni  qutlugʻ sana bilan tabriklayman. Taʼlim deya atalmish murakkab va oʻta masʼuliyatli sohada fidoyilarcha mehnat qilayotgan eʼzozli ustozlarimizga taʼzim qilaman!

Meron Muxammadaziz.

“Televizion texnologiyalar” fakultetiga 10 yil!

Shu munosabat bilan ushbu fakultetda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar va ustozlarimni muborakbod etaman! Sizlarga yengil boʻlmagan kasbingiz yoʻlida, ijodiy zafarlar tilayman! Ega boʻlgan mavqeingiz bundanda yuqori boʻlsin! Barcha boshlagan ishlaringizda yutuqlar va omadlar tilayman! Men ushbu fakultetning “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida “Operatorlik” yoʻnalishini (2012-2016 y.y.) muvaffaqiyatli bitirdim, bunda albatta ustozlarimning oʻrni katta.  Hozirda bitirgan soham boʻyicha, yaʼni operator sifatida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib, oʻqish davrida olgan bilim va koʻnikmalarni shu kasbim yoʻlida ishlatib kelmoqdaman. Barcha ustozlarimga rahmat etaman! 

Ozodjon Roziqov.


Oʻz nomimdan hamda kursdoshlarim nomidan Muxammad Al-Xorazmiy  nomidagi  Toshkent  axborot texnologiyalari universiteti “Televizion texnologiyalari” fakultetini 10-yillik bayrami bilan tabriklab hamma ezgu tilaklarni tilayman.

Fakultet dekani Nuraliyev Faxriddin Murodillayevichga kelgusidan bundanda yuksak choʻqqilarga koʻtarilishlarini chin qalbimdan tilayman.

Shu bilan birga ushbu fakultetning “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi professor-oʻqituvchilariga oʻz minaddorchiligimni bildiraman. Ularning bizga bergan bilimlari yordamida oʻz kasbimizning yetuk mutaxasislari darajasiga koʻtarilmoqdamiz. Buning asosida esa bizga bilim va hayotiy tajribalarini ulashgan uztozlarimizga oʻz tashakkurimizni bildiraman. Menga oʻz bilimlarini bergan barcha uztozlarimga rahmat, jumladan “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi mudiri Bazarbayev Botir Joldasovich, Marat Maxmudovich Saliyev, Alisher Isayevich Mamadaliyev, Askar Dadaxanovich Abduraximov, Isomiddin Parmankulov Pattayevich, Sherzod Tirkashaliyevich Xusanov, Oybek Narzullayev, Gulya Tashmuxammedova Xudayberdiyevna, Sattarova Shaxnoza Kamaldjanovna va bracha barchangizga mingdan ming raxmat. Hudo xoxlasa biz talabalar fakultetning 20 yoki 30 yillik bayramlarida ham manashunday tabriklarni aytish nasibi roʻz aylasin.

Sizlarga tabrik va oʻz minaddorchiligini isxor qilib qoluvchi talabangiz «Televizion texnologiyalari” fakulteti “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi 2017 yil bitiruvchisi

Bobur Arislonov.

Bitiruvchilar