QS Asia university rankings

  • Asosiy
  • QS Asia university rankings

⭐️TATU ilk bor "QS Asia university rankings"da TOP 1000likdan joy egalladi.

💻 Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023 (https://qshesummits.com/asia-pacific/)” sammiti doirasida QS reyting tashkiloti Osiyo universitetlarining 2024-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2024 (https://www.topuniversities.com/asia-university-rankings?countries=uz)) natijalarini e’lon qildi.

👍Unga ko‘ra, TATU TOP-1000 talikdagi Osiyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

✅ O‘zbekiston OTMlari orasida TATU IT universitetlar orasida birinchi bo‘lib Dunyo oliy ta’lim muassasalari reytingini olib boruvchi QS (Quacquarelli Symonds)ning Osiyo mintaqasi bo‘yicha 2024-yilgi reytingidan joy oldi. 2023-yil 8-noyabr kuni e’lon qilingan  “QS Asia University Rankings 2024”da birinchi bor o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lganiga qaramay, TATU Osiyo mamlakatlari orasida 651-700-o‘rinlar oralig‘idan joy oldi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston OTMlari ichida 5-o‘rinni egalladi.