Yangiliklar

Maktab bitiruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Menu | 17-05-2025 | 12:25

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish, sohada xizmatlar eksportini oshirish hamda ushbu maqsadlarga erishish uchun IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash va maktab o‘quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘rgatish belgilangan.

Qarshida targ‘ibot dasturlari amalga oshirildi.

Menu | 17-05-2025 | 12:21

Joriy yilning 16-may kuni Qarshi davlat texnika universitetining 1-son akademik litseyida TATUda mavjud qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishga abituriyentlarni jalb etish maqsadida professor-o‘qituvchilar tomonidan targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Tadbirda 100 dan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Janubiy Koreyaning Chongwan Milliy universiteti delegatsiyasi o‘zaro hamkorlik o‘rnatish maqsadida universitetga tashrif buyurdi.

Menu | 16-05-2025 | 15:16

Sanoat va oliy ta’lim sohasida Janubiy Koreyaning eng nufuzli universitetlar qatoriga kiruvchi Chongwan milliy universiteti va TATU o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.

Joriy yilning 15-may sanasida Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT ta’lim assotsatsiyasi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda Coursera bilan hamkorlikda tashkil qilingan "Coursera Day: The Future of AI, Learning and Work" nomli workshopda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Menu | 16-05-2025 | 15:13

Tadbir davomida Coursera vakillarining qiziqarli taqdimotlari bilan birgalikda, shu kungacha Coursera platformasida eng faol bo‘lgan va bir nechta professional sertifikatlarni qo‘lga kiritgan talabalarni taqdirlash jarayoni ham bo‘lib o‘tdi.

GameFest 2025 tadbirini Jonli efirda kuzating!

Menu | 16-05-2025 | 09:23

Game Forum, Animation Forum, Pitch sessiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa muhim tadbirlarni o‘tkazib yubormang.

Buyuk Britaniyaning London shahrida O‘zbekiston – Buyuk Britaniya Oliy Ta’lim Forumiga start berildi.

Menu | 16-05-2025 | 09:20

Bugun Londonda xalqaro darajadagi O‘zbekiston–Buyuk Britaniya Oliy Ta’lim Forumi o‘z ishini boshladi!