Korporativ madaniyatni mustahkamlash, strategik fikrlashni rivojlantirish va IT-kompaniyalar xodimlari orasida intellektual sport turlarini ommalashtirish maqsadida bugun, 3 may kuni “Digital.uz Chess Cup” shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchilari – Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan.
Universitet jamoasi 2 ta innovatsion mikrosputnik modeli bilan qatnashib, final bosqichida belgilangan barcha shartlarni bajardi. Mikrosputniklar real raketalar yordamida uchirilib, 6 xil parametr bo‘yicha ma’lumot uzatgan holda parashut yordamida qayta yerga qo‘ndirildi.
Olimpiada “Raqamli ta’lim texnologiyalari” fanidan o‘tkazilib, unda bilimga chanqoq va izlanuvchan talabalar faol ishtirok etdilar.
Ayni vaqtlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 7-may Aloqachilar kuni kasb bayrami munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida Stol tennisi va Kibersport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.
3-may kuni O‘rta Chirchiq tumanidagi “Yangi hayot” aerodromida Uzcosmos agentligi tomonidan tashkil etilgan “CanSat Uzbekistan–2025” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda respublika bo‘ylab tanlab olingan jamoalar qatori TATU talabalari ham ishtirok etmoqda.
Endi 5 yildan ortiq ish tajribasiga ega, lekin oliy ma’lumoti yo‘q xotin-qizlar tavsiyanoma asosida davlat OTMlariga kontrakt asosida o‘qishga kira olishadi.