Yangiliklar

Universitetning professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ichki turizm bo'yicha Samarqand shahriga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida shaharning diqqatga sazovor, ko'hna obidalariga sayohat qilishdi.

Menu | 08-05-2023 | 11:23

Sayohat davomida Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Amir Temur jome masjidi (Bibi-Xonim), O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov qabri va Shohi-Zinda majmuasiga tashrif buyurdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori tomonidan Mo‘ynoq tumanida rejali sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

Menu | 08-05-2023 | 11:12

Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori tomonidan Mo'ynoq tumanida rejali sayyor qabul bo'lib o'tmoqda. Qabul jarayonida Mo'ynoq tumani yoshlarining universitet va uning filiallariga aloqador murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar bartaraf etilishi uchun mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda. 

Hurmatli aloqachilar!

Menu | 08-05-2023 | 11:07

Tezlik, qulaylik va shaffoflik yaratishda, kasbingizga bo‘lgan vafodorlik, o‘z ishingizga bo‘lgan shijoat sizlarni hech qachon tark etmasin. Yangi zafarlar va marralar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

TATU hodimlari va talabalari O‘zbekiston davlat drama teatrida borishdi.

Menu | 08-05-2023 | 11:04

Ayni vaqtda TATU hodimlari va talabalari O‘zbekiston davlat drama teatrida namoyish etilayotgan "Vafodor" spektaklini tomosha qilib, xordiq chiqarishmoqda.

"Rektor kubogi" musobaqasining 1-bosqichi uchun “Kompyuter injiniringi" fakultetida saralash o'yinlari bo'lib o'tdi.

Menu | 08-05-2023 | 10:58

Joriy yilning 3-may kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida  "Rektor kubogi" musobaqasining 1-bosqichi uchun “Kompyuter injiniringi" fakultetida saralash o'yinlari bo'lib o'tdi.

9 may – "Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlab “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” nomli tadbiri o‘tkazildi

Menu | 08-05-2023 | 10:46

9 may – "Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlab “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” nomli tadbiri o‘tkazildi va talaba-yoshlar bilan «Shon-sharaf» davlat muzeyi, «Mangu jasorat» va «Matonat madhiyasi» monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni o‘z ichiga olgan «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi.