Yangiliklar

Yana bir iqtidorli talabamizning sport sohasidagi yutuqlari

18-07-2022 | 14:45

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Kompyuter injiniringi fakulteti 2-bosqich talabasi Mamurov Xolmurod Bakirovich sportning 🏈Regbi-7 turi bo'yicha barcha yosh toifalari o'rtasida (U-20) bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida faxrli 1-o'rinni egalladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari Erasmus+ KA107 Staff Mobility dasturi bo'yicha Avstriya davlatining Klagenfurt universitetiga tashrif buyurishdi.

18-07-2022 | 08:46

Tashrifdan asosiy maqsad universitetlar o'rtasida tuzilgan kelishuvlarni bajarilishi va yangi kelishuvlar tuzishdan iborat. Shuningdek, Polsha davlatining Gdansk politexnika universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda umumiy qo'shma loyiha tayyorlash kelishib olinib, birlamchi fikrlar o'rganib chiqildi.

Yana bir bor iqtidorli talabamizning sport sohasidagi yutuqlari

16-07-2022 | 11:23

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Kompyuter injiniringi fakulteti 2-bosqich talabasi Zaynetdinov Marsel Ruslanovich sportning suvga sakrash turi bo'yicha barcha yosh toifalari o'rtasida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida faxrli 1-o'rinni egalladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

16-07-2022 | 10:44

Shahrimiz ko'rkiga yanada ko'rk qo'shish hamda viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talaba-yoshlarimiz uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Talabalar turar joyi binosida qayta ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

IT соҳасини ўрганмоқчи бўлган ёшлар учун янгилик: эндиликда курсда ўқиш учун сарфлаган маблағининг 50 фоизини қайтиб олиши мумкин

16-07-2022 | 10:41

IT Park Ўзбекистон АКТ вазирлиги кўмагида ишга туширилган дастур билан IT-мутахассисларга халқаро сертификат олишга сарфланадиган маблағнинг 50 фоизигача компенсация олиш имкони берилади. Компенсация пулини халқаро IT-сертификатларини олган 14 ёшдан 30 ёшгача бўлган Ўзбекистон фуқаролари қўлга киритиши мумкин.

Iqtidorli talabamizning sport sohasidagi yutuqlari

14-07-2022 | 16:33

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti 2-bosqich talabasi Xamrayev Akmal O'ktam o'g'li Bahrayn poytaxti Manama shahrida o'tkazilgan sportning Yunon-rum kurashi U15 va U20 Osiyo chempionatida faxrli 3-o'rinni hamda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar o'rtasida o'tkazilgan musobaqasida faxrli 1-o'rinni egallab O'zbekiston bayrog'ini ko'klarga ko'tardi.