Yangiliklar

TATUda "UNICON.UZ - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi" tomonidan tashkil qilingan o'quv auditoriyasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Menu | 12-03-2024 | 09:50

✅ Bugun, 11-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talaba yoshlarga sharoitlar yaratish maqsadida universitetmiz bitiruvchilariga ish beruvchilardan biri bo'lgan "UNICON.UZ - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi" tomonidan tashkil qilingan o'quv auditoriyasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

😎 Jahon standartiga mos keluvchi tizim administratori bo‘lishni istaysizmi?

Menu | 12-03-2024 | 09:10

🔊 Unda markazimizdagi “Tizim administratorligi (Windows Server 2019 asosida)” kursiga sizni taklif qilamiz.

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari Xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlari bo'lishdi.

Menu | 11-03-2024 | 11:48

👥 Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmaniston Respublikasida talabalar oʻrtasida matematika boʻyicha ochiq fan olimpiadasi (Open Mathematical Olympiad for University Students (OMOUS)) bo‘ldi. Ushbu xalqaro fan olimpiadasining alohida (yakka) bahslarida Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari Isroilov Javohir , Sindarov Asadbek 3-o'rin, bronza medali sohibi bo'ldilar va Teshabayev Ixtiyor, Saxadinov Muzaffar munosib qatnashib umumjamoa hisobida g'olib bo'ldilar.

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TATU akademik litseyi o‘quvchilari uchun “‘My future university” mavzusida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Menu | 11-03-2024 | 11:45

Tashrif davomida akademik litsey o‘quvchilari TATUda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, universitetda amalga oshirilgan loyihalar, yangi tashkil qilingan labaratoriyalar, media-markaz faoliyati, Inkubatsiya markazi, sport majmuasi hamda Student office faoliyati bilan tanishtirib o‘tildi.

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabasi Xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo'ldi.

Menu | 11-03-2024 | 11:42

✅Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmaniston Respublikasida talabalar oʻrtasida matematika boʻyicha ochiq fan olimpiadasi (Open Mathematical Olympiad for University Students (OMOUS)) bo'lib o'tdi. Ushbu xalqaro fan olimpiadasining yakkalik baxslarida TATU Urganch filiali talabasi Zarifboyev Javohir 🥉bronza medali sohibi bo'ldi.

💻 Universitetimizning Dasuriy injiniring fakulteti talaba-qizlarining ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakillanish, turmush qurish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqotdagi muammolari yuzasidan psixologik seminar-trening tashkil etildi.

Menu | 11-03-2024 | 11:39

💻 Universitetimizning Dasuriy injiniring fakulteti talaba-qizlarining ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakillanish, turmush qurish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqotdagi muammolari yuzasidan psixologik seminar-trening tashkil etildi.