Yangiliklar

Soha korxonalarining rahbar va mutaxassis-xodimlarini munosib taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

01-06-2022 | 14:47

Joriy yilning 1-iyun kuni Aloqa sohasida hududiy hamdo’stlikni rivojlantirish va MDH davlatlarining manfaatlarini jahon miqyosida himoya qilishda o'z hissasini qo'shgan Vazirlik markaziy apparati hamda soha korxonalarining rahbar va mutaxassis-xodimlarini munosib taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “Ochiq muloqot” bo‘lib o‘tdi.

31-05-2022 | 18:27

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining bajarilishini, 2021-yil yakuniga qaratilgan mehnat jamoat konferensiyasi yuzasidan “Ochiq muloqot” bo‘lib o‘tdi.

"MegaFon" kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

31-05-2022 | 12:07

Uchrashuvda "MegaFon" hisobidan talabalarga SkillBox kompaniyasi dasturlari bazasida qo‘shimcha 3 oylik masofaviy ta’lim va kelgusida ishga joylashish imkoniyati haqida tushuntirildi.

“Marafon: o‘z startap g‘oyangni yarat” natijalari e’lon qilindi

30-05-2022 | 11:17

10-maydan 15-mayga qadar Toshkent shahrida IT-Park tomonidan hamkorlar: Yoshlar masalalari agentligi, Unical solutions, Eskiz IT-kompaniyasi, Registon IT-maktabi koʻmagida tashkil etilgan “Marafon: O’z startap g’oyangni yarat” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Tadbir Inkubatsiya markazlari mavjud universitetlar talabalari uchun tashkil etildi.

IT MARAFON 2022 sport dasturlash musobaqasining 2-final bosqichi bo‘lib o‘tdi

30-05-2022 | 09:09

Ushbu IT MARAFON 2022 yoshlarimizni eng quyi bosqichdan boshlab dasturlash va robototexnikani xalqaro standartlari darajasida o‘rgatuvchi o‘rta osiyodagi eng mukammal tizimida olib borilmoqda.

Sportning futbol turi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

29-05-2022 | 21:46

Fargʻona davlat universiteti sport o'yingohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi Abdujabbor Abdusattarovich Abduvohidov Oliy taʼlim rektorlari, direktorlari va talabalari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.