Ushbu anjumanga bir qator xalqaro spikerlar taklif etilgan bo‘lib, universitetimizning qator professor-o‘qituvchilariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ushbu yetakchi tashkilot faoliyatiga mos turli, ilmiy texnikaviy va kasbiy yo‘naltirilgan munozara va muhokamalar imkonini yaratadi.
Seminar yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda “Kiberxavfsizlik” sohalarida olib borilayotgan ishlar hamda bir qator istiqbolli loyihalar haqida yakuniy taqdimot bilan qatnashdi.
20-iyul kuni bo'lib o'tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bakalavriyat bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimidan fotolavhalar.
Axborot kommunikatsiya sohasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar bilan tanishtirish maqsadida telekommunikatsiya va kiberxavfsizlik sohasidagi yetuk vakillar “FIBER HOME” Co.Ltd, “KINGSOFT.LOG”, “WPS OFFICE GROUP”, “DAMENG DATABASE” Co.Ltd kabi kompaniyalarga amaliy tashriflar tashkil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun Ichan hamda Xian shaharlariga Xitoy Xalq Respublikasining boy tarixi hamda muhandislik yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida madaniy tashriflar tashkil qilindi.
Texnologiya sohasida Xitoyning yetakchi universitetlardan biri bo'lgan Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va TATU o'rtasida joriy yilning boshida hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida anglashuv memorandumi imzolangan edi. Ikki universitet o'rtasida kelgusidagi istoqbolli rejalar, xususan, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish, qo'shma ilmiy loyihalar va konferensiyalarni yo'lga qo'yish bo'yicha muhokamalar olib borildi.
Endilikda talabalar bir hafta davomida universitetning taniqli professorlaridan ma'ruzlar tinglab, muloqotda bo'lishadi, BYD va Shaanxi Automobile Holdings kabi yuqori texnologiyali Xitoy kompaniyalariga tashrif buyurishadi, xalqaro talaba-yoshlar bilan madaniyat almashinuvi maqsadida davra suhbatlari, sport musobaqalari o'tkazishadi va qadimiy Sian shahrining diqqatga sazovor tarixiy joylariga tashriflar amalga oshiriladi.