Yangiliklar

20-iyul kuni bo'lib o'tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bakalavriyat bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimidan fotolavhalar.

Menu | 22-07-2024 | 09:48

20-iyul kuni bo'lib o'tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bakalavriyat bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimidan fotolavhalar.

5-18-iyul davomida Xitoy Xalq Respublikasining Uhan shahrida o’tkazilgan “Blockchain and Information Security Technology Training Course for Developing Countries” seminari o’z yakuniga yetdi.

Menu | 22-07-2024 | 09:45

Axborot kommunikatsiya sohasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar bilan tanishtirish maqsadida telekommunikatsiya va kiberxavfsizlik sohasidagi yetuk vakillar “FIBER HOME” Co.Ltd, “KINGSOFT.LOG”, “WPS OFFICE GROUP”, “DAMENG DATABASE” Co.Ltd kabi kompaniyalarga amaliy tashriflar tashkil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun Ichan hamda Xian shaharlariga Xitoy Xalq Respublikasining boy tarixi  hamda muhandislik yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida madaniy tashriflar tashkil qilindi.

Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti (NCUT) vitse-prezidenti Wang Jianwen boshchiligidagi delegatsiya TATUga ilk bor tashrif buyurishdi.

Menu | 20-07-2024 | 09:25

Texnologiya sohasida Xitoyning yetakchi universitetlardan biri bo'lgan Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va TATU o'rtasida joriy yilning boshida hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida anglashuv memorandumi imzolangan edi. Ikki universitet o'rtasida kelgusidagi istoqbolli rejalar, xususan, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish, qo'shma ilmiy loyihalar va konferensiyalarni yo'lga qo'yish bo'yicha muhokamalar olib borildi.

TATUda navbatdagi talabalar va fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Menu | 19-07-2024 | 09:27

🗒 Ushbu qabul jismoniy va yuridik shaxslarni tinglash, muammolarini o'rganib, ularni ijobiy hal etishni yanada samarali tizimini tashkil etish maqsadida har haftaning payshanba kuni murojaatchilarni qabul qilish orqali yo‘lga qo‘yilgan.

Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘z tizimida inklyuzivlikni ta’minlashga qaratilgan ishlarni davom ettirish maqsadida imkoniyati cheklangan shaxslarni ishga taklif etadi.

Menu | 19-07-2024 | 09:24

Sizni raqamlashtirish sohasida mavjud 100 tadan ortiq turli xildagi analitik, dasturlovchi, o‘qituvchi, muhandis va boshqa yo‘nalishlar kutmoqda.

Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi 2024/25-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kursiga qabul e’lon qiladi.

Menu | 19-07-2024 | 09:22

Mazkur oʻquv kurslariga joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 2-kursini bitirib, uchinchi kursiga o‘tgan, akademik qarzdorligi bo‘lmagan talabalar saralash asosida qabul qilinadi.