Yangiliklar

TATUda “Mamlakatimizda siyosiy-huquqiy islohotlar jarayonida oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi

14-11-2019 | 11:43

Joriy yilning 14 - noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Mamlakatimizda siyosiy-huquqiy islohotlar jarayonida oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar filialida “Al-Xorazmiy avlodlari” musobaqasi o‘tkazildi

13-11-2019 | 07:59

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 19-martda ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, shundan 3-tashabbus “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi vazifalarni amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratilib, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportga jalb etishga katta e’tibor qaratilgan.

Professor-oʻqituvchilar diqqatiga!

11-11-2019 | 10:16

daho davlat universiteti (AQSh) dan kelgan professor Bob Houghton tomonidan 2019 yil 11 noyabr -9 dekabr oralig‘ida dushanba va payshanba kunlari soat 14:00-15:00 oralig‘ida barcha dekanlar va kafedra mudirlariga seminar-treining tashkil etiladi.

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining navbatdagi filiali ochildi

11-11-2019 | 08:40

Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Shundan kelib chiqib, Respublikamiz hududlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

Toshkent viloyati psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyida hayriya tadbiri boʼlib oʼtdi

11-11-2019 | 08:29

Joriy yilning 7 - noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘qituvchisi Z.Isaxodjaeva va universitetning “Pochta aloqa texnologiyalari” yoʼnalishi 131-132-16 guruh talabalari Toshkent viloyati psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyida hayriya tadbirini oʼtkazishdi.

Andijon viloyati o‘quvchilari TATUda

11-11-2019 | 04:08

8 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi 40-maktab internatning 11-sinf o‘quvchilari (21 nafar) tashrif buyurdi.