Yangiliklar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali bitiruvchilari maktablarda amaliyot o‘tab, ishga joylashtiriladi

08-04-2022 | 08:59

Tashrif doirasida Qarshi shahridagi IT-parkda Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi hamda TATU Qarshi filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari Toshkent shahri Shayxontahur tumanidagi 84-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

08-04-2022 | 08:52

Maktabda tahsil olayotgan 10-11-sinf o’quvchilarining qiziqishlariga qarab “3D modellashtirish va raqamli animatsiya”, “Kompyuter grafikasi”, “Raqamli ovoz yozish texnologiyasi” fanlaridan tashkil etilgan o‘quv-to’garaklari haqida ma’lumot berildi va ushbu to’garaklardan “Master klass” o’tildi.

TATU Samarqand filialida bo'sh ish o'rinlar yarmarkasi bo'lib o'tdi

07-04-2022 | 14:45

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida Samarqand shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo’lib o’tdi.

Muhammad al -Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi

07-04-2022 | 14:41

Bayram tadbiri doirasida kuy va raqslar, hazil-u, askiyalar aytilib, barchaga xush kayfiyat ulashdi “Milliy taomlar ko‘rgazmasi” o‘tkazilib, unda 100 ta milliy taom turlari tayyorlandi. Bayram so‘ngida “Yil fakulteti” tanlov g‘oliblari mukofotlandi. 

“Киберхавфсизлик” факултети профессор-ўқитувчилари Халқаро тармоқ институтига аъзо бўлган давлатларнинг 16-кенгаш йиғилишида муваффақиятли иштирок этиб қайтишди.

07-04-2022 | 10:07

“Киберхавфсизлик” факултети профессор-ўқитувчилари “Жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштиришга ва терроризмни молиялаштиришга қарши кураш соҳасидаги ўқув фанларини ўқув жараёнига интегратсия қилишнинг мақсадли модели” анжумани ва Халқаро тармоқ институтига аъзо бўлган давлатларнинг 16-кенгаш йиғилишида муваффақиятли иштирок этиб қайтишди.

TATU sport dasturlash bo‘yicha yetakchi jamoalari nufuzli Xalqaro ICPC-2022 musobaqasi yarim finaliga yo’llanmani qo’lga kiritishdi!

07-04-2022 | 09:52

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari sport-dasturlash bo’yicha nufuzli ICPC (International Collegiate Programming Contest) Xalqaro sport-dasturlash musobaqasida 2022-yilning 12-13-aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim final bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishgan.