Yangiliklar

Жорий йилнинг 19 апрель куни Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети психологи Собитова Шахноза Шокировна томонидан университет тюторларининг психологик билим ва кўникмаларини ошириш мақсадида “Шахсда суицидиал хулқ-атворнинг намоён бўлиши ва унинг психокоррекцияси” мавзусида давра суҳбати бўлиб ўтди.

20-04-2022 | 12:32

Давра суҳбатига Низомий номидаги ТДПУ “Амалий психология” ўқув курси раҳбари Алимова Феруза Нажимовна ҳамда Юнусобод тумани 2 сон ИИБ ХПБ Хотин қизлар масалалари бўйича катта инспектор, катта лейтенант Сидикова Дилноза Акмаловна, Юнусобод тумани 1- сон ИИБ ХПБ Хотин қизлар масалалари бўйича катта инспектор, катта лейтенант Сатвалдиева Хилола Суннатуллаевналар таклиф этилди.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hamda Shirin shahri xalq ta’limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif.

20-04-2022 | 11:19

Joriy yilning 19-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.S.Yaxshibayev boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hamda Shirin shahri xalq ta’limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kiberxavfsizligi fakulteti talabalarini vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida 4-TTJda"Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

20-04-2022 | 10:25

Bugungi o‘yinda esa Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o'tdi.O‘yin mantiqiy, siyosiy, tarixiy blits-savollarga boy bo'ldi. 🥇-o'rin Shunqorlar jamoasi 🥈-o'rin Al-Xorazmiy jamoasi 🥉-o'rin Zukkolar jamoasi qo'lga kiritdi. G’oliblarga esdalik bilan taqdirlandilar.

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O'rta Chirchiq tumanidagi 1-sonli kasb hunar maktabining 11-sinf o'quvchilari tashrif buyurdi

20-04-2022 | 09:13

O'quvchilarni Radio va mobil aloqa fakulteti tyutorlari Sh.Mutalova, O'.Anvarov va S.Maxamatovlar universitet bilan tanishtirib, barcha o‘quv laboratoriyalari, o‘quv xonalari va Press klub faoliyati haqida tanishtirildi.

Yoshlarning qiziqishlarini oshirish va ularni kasb - hunarga yo'naltirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi

19-04-2022 | 11:54

"Ochiq eshiklar" kuni doirasida Nukus tumani XTBga qarashli 22-20-27-12-son maktabning 9-10-11-sinf o'quvchilari filialimizga tashrif buyurdi.

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yunusobod tumanidagi 12-maktab o'quvchilari tashrif buyurdilar

18-04-2022 | 16:30

Maktab o'quvchilariga "Elektronika va radiotexnika" kafedrasi professor-o'qituvchilari hamrohlik qilib, universitet binolari, axborot resurs markazi, TATU media markazi, o'quv auditoriyalari va laboratoriyalari bilan yaqindan tanishtirdilar