Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018-yil 6-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktyabrdagi “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 832-son buyrugʻiga asosan “Innovatsion goyalar yetakchisi” ko'krak nishoni tanlovi eʼlon qilindi.
Avval xabar berganimizdek, 2019-yil 14-15 mart kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Iqtisodiyotning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati” mavzuidagi Respublika ilmiy-texnik anjumanini oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
7 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan tantanli madaniy tadbir tashkil etildi.
Yurtimizda yangilanish va yasharish fasli – bahor nafasi urishi bilan, ayollar har qachongidanda koʻproq qadrlana boshlaydi. Xalqaro miqyosdagi keng nishonlanadigan xotin-qizlar kuni yurtimizning har bir goʻshasida, muassasa va tashkilotlarda, mahalla va xonadonlarda oʻz aksini koʻrsatadi.
Fotokonkursga fotorasmlarni A4 formatda bosma va elektron shaklda TTI kafedrasi B303-xona A.Chorshanbiyevga soat 15.00 dan 17.00 gacha taqdim etishingiz mumkin.
Huawei kompaniyasi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda: - Simsiz aloqa mahsulotlari menejeri - Loyiha boshqaruvchisi - Bosh hisobchi; - Yordamchi (Xitoy tilida so’zlasha oladigan) Ushbu sohalar bo’yicha yetarli bilim va tajribaga ega bo’lgan hamda ingliz tilini yaxshi bilgan mutaxassislar taklif etilmoqda. O’zingiz haqingizdagi ma’lumotni dinara.yunusova@huawei.com elektron manzili orqali yuborishingiz mumkin. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!