Yangiliklar

TATU ITMade jamoasi Turkiya davlatining “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha, O'zbekiston nomidan finalda qatnashmoqda.

Menu | 09-09-2024 | 09:34

2024-yilning 5-8-sentyabr kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida bo'lib o'tayotgan final bosqichida "Baykar technology" kompaniyasi texnologiyalar bo'yicha bosh direktori Selçuk Bayraktar ham qatnashmoqda.

TATU ITMade jamoasi Turkiya davlatining “TEKNOFEST 2024” tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha, 100 dan 96.5 ball to‘plab final bosqichiga chiqdi.

Menu | 09-09-2024 | 09:29

🇹🇷 “TEKNOFEST 2024” tanlovining final bosqichi 2024-yilning 5-8-sentyabr kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida tashkil qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, unversitetimizning iqtidorli talabalari Kompyuter injiniring fakulteti talabasi Xamidjonov Zuhriddin Xusniddin o‘g‘li va Televizion texnologiyalari fakulteti talabasi Vahhobov Sardor Akbar o’g’li hamda “Teleradioeshittirish tizimlari” kafedrasi (PhD) tayanch doktorantura talabasi Rixsivoyev Mohirjon Alisher o‘g‘li final bosqichida qat

TATU talabalarni turar joy bilan qamrab olishga qanday tayyorgarlik ko‘rgan?

Menu | 05-09-2024 | 10:46

3-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, talabalarni universitet turar joyi va ijara xonadonlariga joylashtirish ishlari borishini ko‘zdan kechirdi.

TATUda “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" (TBM) davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil qilingan o'quv xonasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Menu | 05-09-2024 | 10:27

30-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talaba-yoshlarga sharoitlar yaratish maqsadida “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" (TBM) davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil qilingan o'quv xonasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Litsey o'quvchilari taqdirlandilar

Menu | 05-09-2024 | 09:07

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyning ikkinchi bosqich o'quvchilari o'quv yili davomida erishgan yutuqlari, a'lo baholari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlardagi faol ishtiroki va yoshlar intellektini rivojlantirishga doir maqolalari bo'yicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Rektori tomonidan "Rektor stipendiyasi"  bilan taqdirlanishdi.

2024- yil 29-avgust kuni Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining-10/11 (741/742)-sonli Ilmiy kengashi bo'lib o'tdi.

Menu | 05-09-2024 | 09:02

Unda universitetning 2024/2025- o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va boshqa turli masalalar ko'rib chiqilib, yig'ilish yakunida quyidagi xodimlar bir qancha nominatsiyalar bo'yicha taqdirlanishdi.