Yangiliklar

Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

15-01-2019 | 12:51

Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarga taklif etamiz.

Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

14-01-2019 | 09:55

Sizni 17-yanvar soat 14:00 da Nazirova Elmira Shodmonovnaning «Suyuqlik va gazlarning filtrlanish jarayonini tadqiq qilish uchun matematik modellar, sonli usullar va dasturlar majmui» mavzusidagi 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” mutaxassisligining texnika fanlari doktori (dsc) dissertatsiyasining muhokamasi boʻlib oʻtadigan ilmiy seminarga taklif etamiz.

TATUda “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” mavzusida tantanali tadbir oʻtkazildi

14-01-2019 | 07:59

12 yanvar kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” nomli tantanali tadbir tashkil etildi.

Universitet qoshidagi akademik litseyda “Vatan himoyachilari kuni”ga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi

14-01-2019 | 07:43

14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni ” munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litseyda ham tadbir tashkil etildi.

Taʼlimga oid meʼyoriy-huquqiy xujjatlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyati professor-oʻqituvchilar orasida targʻib qilinmoqda

13-01-2019 | 08:59

Mamlakatimizda taʼlim sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi, oʻqitishning mazmun-mohiyatini tubdan yangilashda oʻtgan qisqa ikki yil ichida taʼlim islohotlariga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari qabul qilingan. Ushbu normativ meʼyoriy-huquqiy xujjatlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Kompyuter injiniringi” hamda "Televizion texnologiyalari" fakultetlari kafedralarining professor-oʻqituvchilari orasida targʻib etish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.

“Universitetlar va xalqaro reytinglar: strategiyani yaratish” birinchi xalqaro konferensiyasiga marhamat!

12-01-2019 | 07:39

“Universitetlar va xalqaro reytinglar: strategiyani yaratish” birinchi xalqaro konferensiyasi.