Yangiliklar

TATU 2019-yildagi eng mashhur Oʻzbekiston oliygohlari roʻyxatida yetakchilardan biri!

16-05-2019 | 09:12

Unirank Oʻzbekistondagi 65 ta oliy taʼlim muassasasi orasidan eng mashhurlari reytingini tuzdi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-o’rinni egallab turibdi. Umuman, ushbu roʻyxatning kuchli uchtaligini Toshkent shahrida joylashgan OTMlar (Toshkent Shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Toshkent Shahridagi Inha Universiteti) boshlab bergan.

TATUning “Yosh aloqachilar” teatr jamoasi Yunusobod tumanidagi maktablarda.....

14-05-2019 | 13:20

Joriy yilning 14 may kunidan boshlab, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Yosh aloqachilar” teatr jamoasi Yunusobod tumanidagi umumtaʼlim maktablarida “Davlat bolalari” nomli spektakl namoyishini boshladi.

Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

11-05-2019 | 07:04

Sizni Ibrohimov Bahrom Sobirjonovichning 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” ixtisosligida texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan «Radioaloqa tizimlarini boshqarish masalalarida geomagnit faollikni prognozlash modellari va algoritmlari» mavzusidagi dissertatsiyasi ilmiy seminariga taklif etamiz.

Diqqat Talabalar respublika fan olimpiadasi!

08-05-2019 | 12:03

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 5-apreldagi 314-sonli buyrugʻiga asosan 15-16 may kunlari Kompyuter grafikasi fanidan, 17-18 may kunlari Informatika va axborot texnologiyalari fanidan Talabalar respublika fanlar olimpiadasining II bosqichi oʻtkaziladi. Olimpiada dasturlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

“Xotira aziz – qadr muqaddas”

08-05-2019 | 08:32

8 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” ga bagʻishlab, “Xotira aziz – qadr muqaddas” mavzusida tantanali tadbir tashkil etildi.

Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

08-05-2019 | 04:10

Sizni Usmonov Jonibek Turdiqulovichning 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligida texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan «Taqsimlangan kompyutеr tarmoqlarida tеmir yo‘l yuklari nazoratining axborot almashinuvi algoritmlari va dasturiy majmuasi» mavzusidagi dissertatsiyasi ilmiy seminariga taklif etamiz.