Yangiliklar

iTechArt kompaniyasi iste’dodli yoshlarni jalb qilish bo‘yicha menejeri Aleksandra Akulova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

20-05-2022 | 15:39

Uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari uchun stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish, dasturlar va ilg‘or texnologiyalar sohasida musobaqalar tashkil qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar hamkorlik aloqalarini rasmiy darajaga olib chiqish maqsadida anglashuv memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

BDIRU delegatsiya bilan uchrashuv

20-05-2022 | 14:17

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Belarus Respublikasining Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti prorektori V.Stempinskiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining bajarilishini, 2021-yil yakuniga qaratilgan mehnat jamoat konferensiyasi yuzasidan “Ochiq muloqot” bo‘lib o‘tdi.

20-05-2022 | 09:09

🔰Konferensiyaga O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi, Respublika Kengashi mas'ul xodimlari R. Turaeeva, G. Gulyamova, G. Ergasheva va Muhammed al-Xorazmiy nomidagi TATU Kasaba uyushmasi qo'mita raisi S. Jumaev, Yurist T. Tojiboev, O'zbek telekom AK QR filiali kasaba uyushmasi qómita raisi F. Uzaqovalar ishtirok etdi.

Attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha o‘rganishlar joriy yilning 19-28-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

19-05-2022 | 16:20

Bugun, 19-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ketmonov Xatamjon Abduraxmonovich, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, komissiya raisi Ro‘zmetov Rahmatjon Ibodullayevich boshchiligida 21 nafar a’zolaridan iborat komissiya tashrif buyurdi

Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov Samarqand Davlat tibbiyot universitetida inkubatsiya markazini ochilishida qatnashmoqdalar

19-05-2022 | 14:02

Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov Samarqand Davlat tibbiyot universitetida inkubatsiya markazini ochilishida qatnashmoqdalar

adiblar xiyobonida professor o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

19-05-2022 | 11:53

U yerda Said Axmad va Saida Zunnunovalarning hayot yo'li, ijodi, erishgan yutuqlari hamda ularning o'zbek adabiyoti uchun qoldirgan boy me'rosi haqida yaqindan tanishtirdilar. Tashrif jarayonida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga kafedra professor-o’qituvchilaridan javob olishdi.