Yangiliklar

Bugun Oʻzbekistonning 2 ta terma jamoasi 9-11-avgust kunlari bo'lib o'tadigan nufuzli xalqaro First Global Challenge musobaqasining Yarim finalida ishtirok etish uchun Qozoqiston Respublikasining Almata shahriga jo'nab ketdi.

Menu | 09-08-2024 | 15:47

O'zbekiston terma jamoasi 2023-yilda Singapur davlatida bo'lib o'tgan musobaqada faxrli 3-o'rinni egallab qaytishgan edi. 2024-yil ham yuqori natijalarni kutib qolamiz.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi talabalar va fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Menu | 09-08-2024 | 15:45

Ushbu qabul jismoniy va yuridik shaxslarni tinglash, muammolarini o'rganib, ularni ijobiy hal etishni yanada samarali tizimini tashkil etish maqsadida har haftaning payshanba kuni murojaatchilarni qabul qilish orqali yo‘lga qo‘yilgan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov Sergeli tumani "Mehrigiyo" mahallasidan biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.

Menu | 09-08-2024 | 15:42

Rektor xonadonlarga tashrif buyurib, yoshlarning turmush tarzi, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Ularning orzu-maqsadlari, muammo va takliflarini tingladi, yoshlarning ota-onalari bilan muloqot qildi. Yoshlar bilan manzilli ishlashni davom ettirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun ularga keng imkoniyat yaratish borasida chora-tadbirlar belgilandi.

“Uzbekistan GTL” MChJ tomonidan “Eng fidoyi ustoz III” tanlovi e’lon qilindi

Menu | 07-08-2024 | 11:10

Mazkur tanlov asosan neft va gaz sohasiga, xususan “Uzbekistan GTL” zavodiga o‘zining ta’lim-tarbiya berishi orqali bilimli yosh kadrlarni yetkazib berayotgan 18 ta oliy ta’lim muassasasining eng fidoyi professor-o‘qituvchilarini aniqlash va ularni rag‘batlantirishga mo‘ljallangan

Koʻplab soʻrovlarga binoan, “President Tech Award 2024” tanlovi uchun arizalar qabuli uzaytirilganini mamnuniyat bilan eʼlon qilamiz!

Menu | 06-08-2024 | 09:20

Oʻz mahoratingizni namoyon qilish va ushbu qiziqarli tanlovda ishtirok etish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari” boʻyicha maʼlumotlar markazi ishga tushdi.

Menu | 03-08-2024 | 10:49

Endilikda turar joy muammosiga duch kelayotgan, ijara xonadonlariga ehtiyoji boʻlgan talabalar ushbu markazga murojaat qilishlari mumkin.