Yangiliklar

12- sentyabr kuni universitetimizda xalqimizning o‘tmishi, qadimiy urf-odatlari, an’analari, estetik qarashlari va o‘ziga xos xususiyatlarini mujassam qilgan milliy liboslarimizdan bo'lmish "XON ATLAS" festivali bo‘lib o‘tdi.

Menu | 13-09-2024 | 09:49

Festival munosabati bilan e’lon qilingan tanlov g‘oliblari o ‘zlarining milliylikni kreativ tarzda targ ‘ib qilgan chellenjlari va yaratgan fleshmoblari uchun munosib taqdirlandilar.

IT-sohasiga qiziqqan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv qanday o‘tdi?

Menu | 13-09-2024 | 09:46

TATU universitetida IT-sohasiga qiziqqan xotin-qizlar uchun navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir bir nechta asosiy mavzularga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qatar davlatining taʼlim va oliy taʼlim vaziri Butayna bint Ali Al-Nuaymi xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Menu | 11-09-2024 | 17:33

Uchrashuvda, shuningdek, o‘zbek tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Mahkamov va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori S.Siddiqova ham ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muhandis kadrlar tayyorlash bo‘yicha islohotlar o‘z samarasini bermoqda

Menu | 11-09-2024 | 17:23

2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalati universitetida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt” Oliy muhandislik maktabi o‘z faoliyatini boshlagan edi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan mazkur yo‘nalishda belgilab berilgan islohotlar bugun qisqa fursatlarda o‘z samarasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov joriy yilning 8-9-sentyabr kunlari Qatarning Doha shahriga ishchi tashrifi doirasida amaliy uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Menu | 11-09-2024 | 17:20

Tashrifning birinchi kuni vazir boshchiligidagi delegatsiya Xamad bin Xalifa universiteti (HBKU) prezidenti doktor Ahmad M. Hasnah bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Tomonlar qator tashabbuslarni ilgari surib, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

TATU Kompyuter tizimlari kafedrasi tayanch doktoranti Ochilov Temur Dilshodovich Amerika Qo'shma Shtatlaridagi Binghamton universitetining School of Computing (SoC) doktorantura (PhD) dasturiga qabul qilinib, 100% lik $50,000 miqdoridagi grant sohibi bo'ldi!

Menu | 11-09-2024 | 17:19

Binghamton universiteti bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o'rtasida aloqalar 2022-yilda o'rnatilib, ikki tomonlama hamkorlik qilishga kelishib olingan edi. TATU bitiruvchisi Ergashev Ulug'bek ham Binghamton universiteti School of Computing (SoC)da doktorlikga nomzod hisoblanadi.