2017-yilning 6-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari o‘rtasida “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv media-markazi faoliyatini tashkil yetish to‘g‘risida”gi notalar almashinuvi va grant kelishuvi imzolangandi. Shunga asosan joriy yilning 29 oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston OTMlari orasida yagona bo‘lgan, umumiy qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etadigan o‘quv media-markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sizni Mallayev Oybek Usmonqulovichning 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan «Ko’p yadroli protsessorlarda seysmik signallarga raqamli ishlov berish uchun parallel algoritmlar yaratish” mavzusidagi dissertatsiyasi ilmiy seminariga taklif etamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martda ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, shundan 3-tashabbus “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratilib, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportga jalb etishga katta e’tibor qaratilgan.
Sizni Raximov Mexriddin Fazliddinovichning 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan «Spektral tahlilning parallel algoritmlarini ishlab chiqish va nutq signallari uchun dasturiy majmua yaratish» mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz.
Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori T.Teshabayev boshchiligidagi deligatsiya Janubiy Koreyada Yurtimizda AKT sohasida ta’limni rivojlantirish yo‘lida bir qancha kelishuvlarni amalga oshirmoqda.
Til – insonga in’om etilgan buyuk ne’mat! U xalq tarixi, ruhiyati, o‘zligini ifodalaydi. Binobarin, betakror madaniy-ma’rifiy boyliklar, asriy qadriyatlar shu tushunchaga payvandlanadi. Dunyoda tillar ko‘p, lekin har bir xalq uchun o‘z tili aziz va muqaddas, davlat tili – milliy mustaqillik muqaddas timsoli, jamiyat ko‘zgusi va davlat ramzi sanaladi.