Yangiliklar

Professor-oʻqituvchilar, mustaqil tadqiqotchilar va doktorantlar diqqatiga!

14-11-2018 | 12:47

Sizni 2018 yil “21” noyabr kuni soat 14:00 da BOLTIBAYEV SHUXRATJON KOMILJANOVICHning «Davriy rejimda ishlayotgan oʻzaro boʻgliq magistral gaz quvurlarini matematik modellashtirish va tdqiq etish» mavzusidagi xamda YAXSHIBAYEV DONIYOR SULTONBAYEVICHning «Suv havzalaridagi koʻp fazali stratifikasiyalangan oqimlar rivojlanishi dinamikasini modellashtirish» mavzusidagi 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosligining texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarining muhokamalari boʻlib oʻtadigan ilmiy seminarga taklif etamiz.

Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrantlar diqqatiga!

13-11-2018 | 11:30

Sizni Abdujapparova Mubarak Baltabayevnaning 2018 yil 17 noyabr kuni soat 14:00 da TATUning majlislar kichik zalida boʻlib oʻtadigan texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz

AQSH oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasidagi uchrashuv

13-11-2018 | 11:26

13 noyabr Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Janubiy Karolina universiteti (AQSH) mehmonxona, restoran va sayyohlik menejmenti fakultetining direktori janob Martina Dryu va ushbu universitetining chakana savdo kafedrasi mudiri Mark Rozenbaumlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzini iqtidorli deb hisoblaydigan talabalar diqqatiga! “YOUTH MOBILE” TANLOVI EʼLON QILINDI

13-11-2018 | 10:05

Oʻzbekistondagi YUNЕSKO vakolatxonasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bilan birgalikda " YOUTH MOBILE” (Yoshlar mobil) qoʻshma loyihasi doirasida mobil ilovalarni ishlab chiqish uchun tanlov eʼlon qiladi.

Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!!!

12-11-2018 | 11:07

Sizni Xidirova Mohiniso Baxramovnaning “Qo’zg’aluvchan muhitlarni matematik modellashtirish usullari” mavzusidagi texnika fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz

Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

12-11-2018 | 06:41

Sizni Mamaraufov Odil Abdixamitovichning “Videokuzatuv tizimlarida dinamik obʻyektlar tasvirlarini qayta ishlash usul va algoritmlari” mavzusidagi 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligida texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining muhokamasi boʻlib oʻtadigan ilmiy seminarga taklif etamiz.