Yangiliklar

TATUda Axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

27-01-2019 | 07:20

26-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadikov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.

Hashar-elga yarashar

26-01-2019 | 12:22

2019 yil 22 yanvardagi 41-f-son Farmoyishiga asosan mamlakatimizning barcha hududlarida Oʻzbekiston ekologik harakati hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari tashabbusi bilan 26 yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hashari tashkil etildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining koʻngilli talaba-yoshlari Yunusobot tumanida joylashgan “Shahidlar maydoni” va unga tutash hududlarda hamda Minor qabristonida umumxalq xayriya hasharini amalga oshirdilar. Hasharda Yunusobod tumani hokimiyati,

Diqqat! TATUda Respublika ilmiy-texnik anjumani oʻtkaziladi (axborot xati)

25-01-2019 | 09:27

2019 yil 14-15 mart kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Iqtisodiyotning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati” mavzuidagi Respublika ilmiy-texnik anjumanini oʻtkazadi.

Talabalar uchun yangi tanlov - “Big Idea Challenge”!

22-01-2019 | 11:34

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Britaniya Kengashi va London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda “Big Idea Challenge” tanlovini eʼlon qiladi.

Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

18-01-2019 | 04:23

Sizni Samandarov Batirbek Satimovichning «Timsollarni aniqlash muhitida elektron ta`lim resurslarini baholashning adaptiv modellari» mavzusidagi texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz.

TATU talabasi "Yosh ixtirochilar kuni"ga bag'ishlangan tanlovda g'olib bo'ldi!

17-01-2019 | 17:01

Quvonarlisi shundaki, universitetimizning Kompyuter injiniringi fakulteti III bosqich talabasi Javohir Nizomiddinov tanlovning "Eng yaxshi ijtimoiy loyiha" yo'nalishi bo'yicha go'lib bo'ldi!