Sizlarni 2018 yil 17-18 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Matematik modellashtirish, algoritmlash va dasturlashning dolzarb muammolari” mavzusidagi chet el olimlari ishtirokidagi Respublika konferensiyasida ishtirok etishga taklif etamiz.
Abituriyent qabul komissiyasiga tegishli hujjatlarni topshirishi, topshirgan hujjatlariga mos ma’lumotlar abituriyentlar bazasiga to‘g‘ri kiritilganini tasdiqlashi lozim.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Imzolangan memorandum asosida kelajakda TATU talabalari uchun KData agentligi tomonidan “Ma’lumotlar bazasini analiz va monitoring qilish” uchun dasturiy ta’minotlarning bepul litsenziyasi taqdim etiladi.
27 iyun - 24 iyul kunlari Janubiy Koreyaning Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) hamkorligida Songyungvan universitetidan 14 nafar talabalar tomonidan TATUning Urgench va Nukus filiallarida 80 nafardan ortiq talabalarga “AKT sohasida dasturiy ta’minotlar” mavzusida o‘quv-trening kursi tashkil etildi.