TATU talabalariga fransiyalik professor dars o‘tishni boshladi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Dasturiy injiniring” fakulteti talabalariga dars o‘tish uchun Fransiyaning Troyes texnologiya universiteti professori Ahmed Seffah tashrif buyurdi. Darslarni 1-22 aprel kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, professor Ahmed Seffah “Dasturiy injiniringga kirish” va “Inson va kompyuter o‘zaro ta’siri” fanlaridan dars o‘tishi ko‘zda tutilgan. Ta’kidlab o‘tish joizki, TATUda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprelidagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli hamda PQ-2834-sonli “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni yuqori saviyada maqsadida bir qancha amaliy ishlar qilinmoqda.
“Huawei” kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan “Seeds for the Future”, ya’ni “Kelajak nihollari” dasturi bo‘yicha ikki haftalik o‘quv kurslariga hujjatlar qabul qilish boshlandi. Mazkur kurslardan maqsad, O‘zbekistonlik yosh iqtidorli talabalarga axborot kommunikatsion texnologiyalari, mobil internet aloqasi, kiber xavfsizlik, telekommunikatsion muxandislik yo‘nalishlarida dunyoda keng qo‘llanilayotgan yangiliklar va ishlanmalar bilan tanishtirish.
10-11 sinflarning iqtidorli o’quvchilari o’rtasida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan "Al-Xorazmiy izdoshlari integratsiyalashgan ko’rik-tanloviga start berildi!
3 aprel kuni universitetimizda talaba-yoshlar oʻrtasida “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz!” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
“Iqtisodiyotning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati” mavzuidagi Respublika ilmiy-texnik anjumanida chop etilgan ilmiy maqola va tezislarning elektron varianti
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlar! Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi “Yosh olimlar kengashi”ning joriy yilning 4-aprel kuni soat 11:00 da kichik majlislar zalida boʻlib oʻtadigan navbatdagi yigʻilishiga taklif qilamiz!