27 iyun - 24 iyul kunlari Janubiy Koreyaning Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) hamkorligida Songyungvan universitetidan 14 nafar talabalar tomonidan TATUning Urgench va Nukus filiallarida 80 nafardan ortiq talabalarga “AKT sohasida dasturiy ta’minotlar” mavzusida o‘quv-trening kursi tashkil etildi.
TATUning 24 nafar professor-o‘qituvchilari Belorussiya davlat informatika va radiotexnika universitetiga 17-31 iyul kunlari davomida malaka oshirishga yuborildi.
Joriy yilning 24 iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va xududiy filiallari Akademik litseylarida 2018/2019 o‘quv yiliga saralash imtihonlarini bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro hamkorlik doirasida Koreya milliy transport universiteti (KNUT) bilan 29 iyun-13 iyul kunlari tashkil etilgan “Mobil ilovalarni yaratish” mavzuidagi o‘quv-trening kursi o‘z ishini tamomladi.
10 iyul kuni TATU professor-o‘qituvchilari va talabalariga “Industriya-4.0 va sun’iy intellekt” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi.
Sizni Anarova Shahzoda Amanbayevnaning «Murakkab konfiguratsiyali sterjenlarning fazoviy yuklanish masalalarining chiziqli va geometrik nochiziqli matematik modellari va echish algoritmlari» mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz.