Ushbu o'yinda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Ular: Ideal jamoasi, Aloqachilar jamoasi, Zulfiyaxonim qizlari jamoasi, Exclusive jamoasi, TUIT Mobil jamoasi, al-Xorazmiy jamoalari qatnashib o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. O‘yin mantiqiy, siyosiy, tarixiy blits-savollarga boy bo'ldi. 🥇TUIT Mobil jamoasi 🥈Zulfiyaxonim qizlari jamoasi 🥉Exclusive jamoasi
O‘quvchilarni Kompyuter injiniringi fakulteti, Informatika asoslari kafedrasi universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi hamda bugungi kunda maktab o‘quvchilari uchun axborot texnologiyalari sohasida qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida ham ma'lumotlar berib o'tdi. O‘quvchilarga qisqacha ekskursiya uyushtirilib, universitet istiqbollari haqida so'zlab berildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kopmyuter injiniringi fakulteti professor-o’qituvchilari Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 56-ixtisoslashitirilgan davlat umumta’lim maktabida “Men yosh ixtirochiman” shiori ostida ko’rik tanlov o’tkazishdi
Ekskursiya yosh avlodlarga ma’naviy ozuqa berish bilan birga ularda vatanga muhabbat, ajdodlarga hamda boy tariximizga bo’lgan faxr tuyg’ularini oshirishga xizmat qilmoqda. Tashkil etilgan ekskursiyadan talaba yoshlar katta taassurotlar bilan qaytdilar!
Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel Shahrisabz, Kesh shahri yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor qishlogʻi(hozirgi Yakkabogʻ tumani)da tug'ilgan va 1405-yil, 18-fevral Xitoyga yurishi chog'ida Oʻtror shahrida vafot etgan. Amir Temur oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi.
Тадбирда “Маърифат” тарғиботчилар жамияти азоси, фалсафа фанлари доктори, профессор, Халқаро тоифадаги спикер, “Меҳнат Шухрати” Ордени соҳибаси Шермухамедова Жамила Ташпулатовна, Юнусобод Тумани Маҳалла ва Нуронийларни қўллаб-қувватлаш бўлими бошлиғининг кексалар ишлари буйича маслахатчиси Ашрапова Икболхон Кутбитдиновна, "Шухрат" медали соҳибаси Акрамова Феруза Акмаловнани қатнашдилар.