Joriy yilning 25-31 may kunlari professor Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetida “Assotsiatsiya studencheskix meditsentrov (ASM)” loyihasi doirasida tashkillashtirilgan “Sifrovыe texnologii sozdaniya mediakontenta” mavzuidagi malaka oshirish va tajriba almashish tashkil etildi. Kursda ishtirok etish uchun Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning quyidagi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar: “Televizion texnologiyalar” fakulteti dekani
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va hamkor tashkilotlar bilan “Kelajak - yoshlar qo’lida” va “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” kabi mavzularda davra suhbati tashkil etildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 30 may kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Mehnat faxriysi Norqul Bekmirzayev bilan “Yoshlarning ma’naviy intellektual salohiyatini oshirishda kitob va kitobxonlikning o‘rin” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Beyxang universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi, Pekin) o‘rtasidagi o‘zaro tushunish Memorandumini amalga oshirish doirasida TATU professor-o‘qituvchilari delegatsiyasi Beyxang universitetiga tashrif buyurdi.
Joriy yilning 28 may kuni YuNESKO (Ta’lim, fan va madaniyat ishlari bo‘yicha Birlashgan millatlar tashkiloti) tomonidan tomonidan o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi “Yoshlar mobayl" ("Youth Mobile") tanlovida Muhammad al-Xoraziy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi fakultetining 2-kurs talabasi Sayyora Raximova ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning 12.500.000 so‘m mukofoti bilan taqdirlandi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan qiymati 3 mln. AQSh dollari miqdorida “Integrallashgan ta’lim axborot tizimini joriy qilish va kengaytirish” loyihasini amalga oshirmoqda.