U yerda yosh dasturchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, Astrum va TATU talabalari ortasida aloqalarni kuchaytirish, turli musobaqalar va kiber sport kechalari tashkil etish takliflarini berishdi.
Joriy yilningl 11-aprel kuni ayollarni IT sohasiga jalb etishga qaratilgan ITWomen.uz loyihasining uchinchi bosqichi boshlanadi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda loyiha doirasida 20 nafar qizlar qamrab olindi.
Ushbu o'yinda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Ular: Ideal jamoasi, Aloqachilar jamoasi, Zulfiyaxonim qizlari jamoasi, Exclusive jamoasi, TUIT Mobil jamoasi, al-Xorazmiy jamoalari qatnashib o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. O‘yin mantiqiy, siyosiy, tarixiy blits-savollarga boy bo'ldi. 🥇TUIT Mobil jamoasi 🥈Zulfiyaxonim qizlari jamoasi 🥉Exclusive jamoasi
O‘quvchilarni Kompyuter injiniringi fakulteti, Informatika asoslari kafedrasi universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi hamda bugungi kunda maktab o‘quvchilari uchun axborot texnologiyalari sohasida qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida ham ma'lumotlar berib o'tdi. O‘quvchilarga qisqacha ekskursiya uyushtirilib, universitet istiqbollari haqida so'zlab berildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kopmyuter injiniringi fakulteti professor-o’qituvchilari Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 56-ixtisoslashitirilgan davlat umumta’lim maktabida “Men yosh ixtirochiman” shiori ostida ko’rik tanlov o’tkazishdi
Ekskursiya yosh avlodlarga ma’naviy ozuqa berish bilan birga ularda vatanga muhabbat, ajdodlarga hamda boy tariximizga bo’lgan faxr tuyg’ularini oshirishga xizmat qilmoqda. Tashkil etilgan ekskursiyadan talaba yoshlar katta taassurotlar bilan qaytdilar!