Oliy ta’lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida hamda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya universitetlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va oliy ta’limda kreativ tadbirkorlik va innovatsion ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida 2019-2020 yillarda “Creative Spark” dasturida ishtirok etish uchun talabalar qabuli e’lon qilinadi.
Sizni Sherboboeva Gulrux Baxtiyorovnaning 05.04.01 – “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Multiservis tarmoqlarida boshqarish jarayonlarining samaradorligini tadqiq qilishning neyro-noravshan modellari va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy seminarga taklif etamiz.
2019-yil 28-31oktyabr kunlari Daniyaning Kopengagen shahrida joylashgan Olborg universitetida Erasmus+ dasturi doirasida ITEM loyihasi bo’yicha o’quv-treningi bo’lib o’tmoqda.
30-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning uchinchi yo’nalishi – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan mavzu yuzasidan Yunusabod tumanidagi 86-,63-, 240-, 123-maktab o’quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.
2017-yilning 6-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari o‘rtasida “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv media-markazi faoliyatini tashkil yetish to‘g‘risida”gi notalar almashinuvi va grant kelishuvi imzolangandi. Shunga asosan joriy yilning 29 oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston OTMlari orasida yagona bo‘lgan, umumiy qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etadigan o‘quv media-markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sizni Mallayev Oybek Usmonqulovichning 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan «Ko’p yadroli protsessorlarda seysmik signallarga raqamli ishlov berish uchun parallel algoritmlar yaratish” mavzusidagi dissertatsiyasi ilmiy seminariga taklif etamiz.