Yangiliklar

TATUga Turkiyaning yetakchi IT kompaniyalari hususan, MIA Teknoloji kompaniyasi ijrochi direktori Erman Erkazan, biznesni rivojlantirish departamenti rahbari Muhammed Furkan Paltaci, Gazi Technopark boshqaruv raisi Elif Bashak TEKSIN, IMPRESS IT kompaniyasi rahbari Mustafa Korkmaz tashrif buyurdi.

Menu | 29-07-2024 | 11:54

Uchrashuvda “O’zbekiston-Turkiya biznes forumi” doirasida imzolangan hamkorlik memorandumlarida belgilangan hamkorlik yo‘nalishlari tahlil etilib, ularni amaliy bosqicha ko‘tarish, birgalikda qo‘shma loyihalarni bajarishga kelishib olindi.

Kuni kecha, 25-iyul kuni O‘zbekiston va Turkiya davlatlari yetakchi korxona va tashkilotlari, ta’lim muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan, O‘zbekiston-Turkiya biznes forumi tashkil etildi.

Menu | 26-07-2024 | 09:32

Mazkur forumda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati ishtirok etib,  Turkiyaning yetakchi IT kompaniyalari bilan yangi istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘ydi.

Women in Tech CCA Awards uchun arizalar qabuli boshlandi!

Menu | 26-07-2024 | 09:30

Har yili bo‘lib o‘tadigan III Women in Tech CCA (Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi) mukofoti uchun arizalar qabuli boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Bu nufuzli tadbir ilk bor O‘zbekistonda, 2024-yil 20-oktabrda o‘tkaziladi.

25-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Raqamli texnogiyalar vazirligi ko'magida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Mobil 2030 tomon yo'l: Simsiz tarmoqning 10 ta tendentsiyasi” mavzusida trening bo'lib o'tdi.

Menu | 26-07-2024 | 09:27

25-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Raqamli texnogiyalar vazirligi ko'magida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Mobil 2030 tomon yo'l: Simsiz tarmoqning 10 ta tendentsiyasi” mavzusida trening bo'lib o'tdi.

Huawei O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi koʻmagida AKT Akademiyalari oʻqituvchilarini “Mobil 2030 tomon yo‘l: Simsiz tarmoqning 10 ta tendentsiyasi” mavzusidagi treningda ishtirok etishga taklif qiladi.

Menu | 25-07-2024 | 14:06

📣 Huawei O’zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi koʻmagida AKT Akademiyalari oʻqituvchilarini “Mobil 2030 tomon yo’l: Simsiz tarmoqning 10 ta tendentsiyasi” mavzusidagi treningda ishtirok etishga taklif qiladi.

Joriy yilning 17-19-iyul kunlari Germaniyaning Laubusch shahrida Chemnitz texnologiya universiteti IEEE ISCSET 2024 konferensiyasida “Computer Science and Educational Technology” nomli 13-xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Menu | 25-07-2024 | 14:01

Mazkur nufuzli xalqaro simpoziumda Germaniya, Yaponiya, Xitoy, AQSh, Mongoliya, Kanada, Hindiston va Buyuk Britaniyalik olimlar bilan bir qatorda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan F.M.Zakirova, D.A.Zaripova, B.I.Otaxonova, Sh.X.Pozilova, N.Y.Rasulovalar ham ishtirok etdilar.